Sobiq ittifoq mamlakatlarida neft, gaz va benzin narxlarining o‘zgarishi nimaga olib keladi

Obuna bo‘lish
Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyoti uchun neft narxlarining hozirgi pasayishi yaxshilikdan darak bermaydi. Garchi neft kompaniyalari uchun benzin va dizel narxining oshishini asoslash tobora qiyin kechayotgan bo‘lsa ham

Igor Yushkov

Jahon neft va gaz bozori og‘ir davrlarni boshidan kechirmoqda. Bunga bir nechta sabablar mavjud, lekin AQShdagi slanesli neft konlarida qazib olish sur’atlarining jadallashuvi bugungi kunda yuz berayotgan voqealar foni sifatida xizmat qilgan edi.

Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

Avvaliga ishlab chiqarish va neft narxi ko‘tarildi

AQShda neft qazib olishning ko‘payishi, 2016-yil oxiridan boshlab, neft qazib olishni cheklash to‘g‘risidagi OPEK+ shartnomasi kuchga kirganligi sababli amalga oshdi, bu esa xom ashyo narxlarini yuqori darajada ushlab turishga imkon berardi. AQSh ushbu shartnomaga kiritilmagan, shuning uchun amerikalik ishlab chiqaruvchilar uning yuqori narxidan foydalanib, ishlab chiqarishni ko‘paytirishda erkin edilar. AQShda neft qazib olishning eng katta o‘sishi, VR kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda ro‘y berdi - 16,6% ga o‘sdi.

So‘nggi ikki yil ichida jahon narxlarining nisbatan yuqori bo‘lishi fonida ko‘plab loyihalar foyda keltirdi va OPEK+ narxni ushlab turish uchun ishlab chiqarishni qisqartirishiga ishonch rentabellik yoqasida turgan ishlab chiqarish loyihalariga yangi investitsiyalar kiritilishiga olib keldi.

Neftga ortib borayotgan talab, shu jumladan Pekin tomonidan, neftni ishlab chiqarish o‘sishini ma’lum darajada qoplab yubordi. Ammo fevral oyida Xitoyda avj olgan koronavirus hozirgi inqiroz uchun o‘ziga xos turtki bo‘ldi, Xitoy korxonalari to‘xtatildi, karantin tufayli odamlarning harakatlanishi cheklandi. Natijada XHRda energiya tashuvchilarga talab pasayib, jahon bozorida taklif miqdori haddan ziyod oshib ketdi. Narxlar pasga qarab ketdi.

Nefteprovod Drujba v Gomelskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Neft narxlari urushi: G‘arb ekspertlari g‘olibni bashorat qilishdi

Qelisha olmadilar

OPEK+ kelishuvida ishtirok etuvchi davlatlar neft narxini ushlab turish uchun ishlab chiqarishni pasaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishni boshladilar. Bunda asosiy tarafdor Saudiya Arabistoni edi, chunki u baland narxga muhtoj edi. Qirollik o‘z budjetini neftning bir barreli uchun taxminan 72 dollarga baholangan holda tuzadi. Saudiya Arabistoni rahbariyati katta mablag‘ sarflashi kerak bo‘lgan mamlakatni modernizatsiya qilishning keng ko‘lamli dasturini e’lon qildi. Ushbu mablag‘larning yagona manbai uglevodorodlarni eksport qilishdir.

Rossiya neft qazib olish uchun kvotalarni 2020-yilning birinchi choragi darajasida ushlab turish kerakligini ta’kidladi. Dastlab, Rossiya muzokarachilarining pozitsiyasi shuni nazarda tutadiki, hozirgi narxlarning pasayishi Xitoyda koronavirus tufayli kelib chiqqanligini anglatadi, ya’ni u o‘tib ketganda Pekin talabni tiklaydi va neft uchun narxlar ko‘tariladi.

Bundan tashqari, Rossiyaga ishlab chiqarishni yangi qisqartirishga rozi bo‘lish tobora qiyinlashib bormoqda: Energetika vazirligi Rossiya kompaniyalariga qancha qazib olishni belgilash vakolatiga ega emas, shuning uchun OPEK+ bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun mamlakat ichida konsensusga erishish kerak. Va bu ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yirik kompaniyalarning qarshiligi tufayli buni amalga oshirish juda qiyin - OPEK+ ular uchun haqiqiy cheklovchidir. Bundan tashqari, neft qazib olishni qanchaga kamaytirish kerakligi aniq emas, chunki inqiroz ko‘lami (va shunga mos ravishda neftga talabning pasayishi chuqurligi) hali aniq emas. Va bu Vena shahrida OPEK+ bilan muzokaralar Yevropada koronavirus tarqalishidan oldin bo‘lib o‘tganiga qaramay.

Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy RF Vasiliy Koltashov  - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchi neft narxining keskin pasayishidan keyin global bozorni nima kutayotgani haqida

Natijada, OPEK+ ishtirokchilari 2020-yilning birinchi choragidan keyin neft qazib olish uchun yangi kvotalar to‘g‘risida kelisha olmadilar. Bu 1-apreldan boshlab barcha ishtirokchi davlatlar neft qazib olishni maksimal darajada oshirishga intilishishini anglatadiki. Faqatgina shu yangilikning o‘zidan neft narxi tusha boshladi. Saudiya Arabistoni qazib olish hajmini kuniga 3 million barrelga ko‘paytirish va Yevropa va AQShdagi o‘z neftini sotib oluvchilar uchun sezilarli chegirmalarni e’lon qilganidan keyin salbiy tendentsiya kuchaydi. So‘nggi bir necha kun ichida dunyo Brent  navining bir barreli uchun 31 dollar narxda yashamoqda.

Hamdo‘stlikdagi qo‘shnilar uchun oqibatlar

Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari uchun energiya bozoridagi bunday o‘zgarishlar turli xil oqibatlarga olib keladi. Rossiya bir barrel uchun 42,4 dollar narxda kamomadsiz budjet tuzgan. Shu sababli, endi mamlakat zaxira mablag‘larini to‘ldirishni emas, balki budjetdagi kamchiliklarni qoplash uchun ulardan pul sarflashni boshlaydi. Biroq, Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mavjud mablag‘lar olti yil davomida bunday tovon uchun yetarli bo‘ladi (neft narxi bir barrel uchun 25 dollarda ushlanib tursa ham).

Ammo bunday past narxlar uzoq vaqt davomida saqlanib qolmaydi, chunki ular amal qilgan holda butun dunyodagi ko‘plab loyihalar, ayniqsa AQShda slanes nefti ishlab chiqarishi zarar ko‘radi va to‘xtab qoladi. Va bu yetkazib berish tanqisligi va narxlarning oshishiga olib keladi.

OPEK slanes nefti qazib olishning “oltin davri” tugashini taxmin qilmoqda - Bloomberg

Albatta, hozirgi neft narxi Rossiya uchun noqulay.

"Gazprom"ning Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarining aksariyati neft narxiga bog‘liqligi vaziyatni yanada qiyinlashtirmoqda. Va shuning bilan, ushbu shartnomalar bo‘yicha gaz narxi ham pasayadi va Rossiya budjeti gaz sanoatidan ham kamroq daromad oladi.

Boshqa postsovet neft ishlab chiqaruvchi davlatlari ham xuddi shunday holatda. Ular yo‘qolayotgan daromaddan jabr ko‘rishadi. Bu Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmanistonga taalluqli. Bundan tashqari, Qozog‘iston va Turkmanistonga Xitoyning neft va gaz iste’moli pasayishi fonida uglevodorodlarni yetkazib berishni rad etib yengib bo‘lmas kuch deb e’lon qilgani ham ziyon yetkazadi. Shu sababli Xitoyning Markaziy Osiyoda neft va gaz sotib olish hajmining qisqarishi istisno qilinmaydi.

Rossiya kabi Qozog‘iston ham Saudiya Arabistonining Yevropa neft bozorida ortib borayotgan raqobatiga duch keladi. Ar-Riyod Rossiyani OPEK+ doirasida muzokaralar stoliga qaytishga va Saudiya Arabistonining yangi kelishuv shartlarini qabul qilishga majbur qilish yo‘li bilan qasddan Yevropalik iste’molchilarga Rossiyaga muammolar keltirib chiqarishi uchun chegirmalar bermoqda (Yevropa Moskva uchun asosiy bozor).

Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytiradi

Belarus biroz foyda olishi mumkin. "Belneftexim" Rossiya kompaniyalari bilan neft yetkazib berish shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti va muqobil ta’minotchini qidirmoqda. Chegirmali Saudiya nefti Minskga jahon narxlarida neft sotib olish harajatlarini pasaytirishga imkon beradi. Ar-Riyoddan olinadigan chegirma miqdori Belarus neftni qayta ishlash zavodlariga neft yetkazib berish uchun transport xarajatlarining bir qismini qoplashi mumkin.

Minsk uchun yana bir samarasi shundaki, Belarusiya uchun Rossiya neftining narxi quyidagi formula bilan belgilanadi: jahon narxlari minus eksport boji. Ammo eksport boji Yevropa bozoridagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi va u kotirovkalar ortidan pasaymoqda.

Biroq, hozirgi inqirozdan Minsk uchun sezilarli minus ham mavjud: neftning o‘zining arzonlashishidan tashqari Belorusiyaning an’anaviy ravishda asosiy eksport mahsulotlaridan biri bo‘lgan neft mahsulotlari ham arzonlashmoqda.

Natijada, sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari uchun neft narxlarining hozirgi pasayishi yaxshi natijaga olib kelmaydi. Neft kompaniyalari uchun benzin va dizel narxlarining o‘sishini asoslab berish tobora qiyinlashadi.

Yangiliklar lentasi
0