Poytaxtdan viloyatlarga avtobus va poyezdlar qatnovi soni ko‘paytirildi

© Press-slujba Goskomturizma UzbekistanaAvtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus
Avtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, 15-mart kuni “Uzautotrans service” koroxonasi yana qo‘shimcha 35 ta qatnovni yo‘lga qo‘ydi.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. “Toshkent” avtovokzalidan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari qo‘yilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, 15-mart kuni “Uzautotrans service” koroxonasi yana qo‘shimcha 35 ta qatnovni yo‘lga qo‘ydi. Jami 70 ta qatnov orqali hozirda 4000 ga yaqin yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, dushanba kunidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 3 ta qatnovni tashkil etadi:

Posadka passajirov na skorostnoy poyezd Afrosiab na vokzale goroda Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Poytaxtdan viloyatlarga qaytuvchi talabalarga 50 foiz chegirma beriladi

09.35 - Toshkent-Qarshi-Termiz-Qarshi-Toshkent 580/579 raqamli poyezdi;

11.30 - Toshkent-Buxorao-Urganch-Buxoro-Toshkent 554/553 raqamli poyezdi;

20.00 - reys 552/551 Toshkent-Buxoro-Urganch-Buxoro-Toshkent 552/551 raqamli poyezdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi xabar qilindi. Shuningdek, ushbu bemorning ikki nafar farzandi va 15-mart kuni Istanbul - Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham infeksiya aniqlangan.

O‘zbekiston Hukumati rahbariyatining topshirig‘iga binoan, joriy yil 16-martdan barcha ta’lim muassasalarida, jumladan, kollej, litsey va oliy ta’lim muassasalarida muddatdan oldin ta’til e’lon qilindi va o‘qishlar to‘xtatildi.

Yangiliklar lentasi
0