Jamiyat

Poytaxtdan viloyatlarga qaytuvchi talabalarga 50 foiz chegirma beriladi

© © Sputnik / Stas EtveshPosadka passajirov na skorostnoy poyezd "Afrosiab" na vokzale goroda Samarkand
Posadka passajirov na skorostnoy poyezd Afrosiab na vokzale goroda Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yoʻllari va samolyotlarda 50 % chegirma berilishi belgilandi.

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Toshkent shahridan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yoʻllari va samolyotlarda 50 foiz chegirma beriladi.

Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bagʻishlangan shoshilinch yigʻilishda xabar qilindi.

Usileniye sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi fuqarolarga eslatma bilan chiqdi

Biroz avval koronavirus tufayli 16 mart kunidan mamlakatdagi barcha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun taʼtil eʼlon qilingani xabar qilingan edi.

Eslatib oʻtamiz, 15 mart kuni Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi. Shu bois Oʻzbekistonda Navroʻz va boshqa ommaviy tadbirlar bekor qilindi. 16 martdan Oʻzbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari toʻxtatiladi. Oʻzbekiston fuqarolari chet elga chiqishlari, chet el fuqarolari Oʻzbekistonga kirishi vaqtincha toʻxtatiladi. Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatga qaytishlari mumkin boʻladi, qaytgandan keyin 14 kunlik karantinda boʻlishlari talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0