Oʻzbekistonda Navroʻz va boshqa ommaviy tadbirlar bekor qilindi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Eslatib oʻtamiz, sal oldin 16 mart sanasidan maktablar va bogʻchalarda vaqtinchalik karantin eʼlon qilinishi haqida xabar bergan edik.

TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda Navroʻz umumxalq sayllari oʻtkazilmaydi. Bu haqda Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan shoshilinch oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilingan.

Nashe schastye: Shavkat Mirziyoyev poobщalsya s detmi Prezidentskoy shkolы v Xive - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus tufayli Oʻzbekistondagi barcha maktablarda taʼtil eʼlon qilindi

Yigʻilishdan jurnalistlarga maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda Navroʻz umumxalq sayllari oʻtkazilmaydi. Shuningdek, ommaviy marosimlar, jumladan, uloq-koʻpkari, kurash va boshqa odamlar koʻp toʻplanadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin 2020 yilning 16 mart kunidan Oʻzbekistondagi barcha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun taʼtil eʼlon qilinishi haqida xabar bergan edik.

Bugun erta tongda 1 nafar Oʻzbekiston fuqarosida koronavirus infektsiyasi aniqlangani haqida xabar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0