Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi fuqarolarga eslatma bilan chiqdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax
Usilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Fransiyada bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shu bois agentlik fuqarolarga murojaat qilib, muhim tavsiyalar berdi.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi fuqarolarga eslatma bilan chiqdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, infeksiya kasalligidan saqlanish uchun har bir fuqaro quyidagi tavsiyalarga amal qilishi kerak:

  • avvalo chet elga borishni rejalashtirishda dunyodagi epidemik vaziyat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlardan xabardor bo‘lish;
  • zarurat bo‘lmagan taqdirda ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklanish;
  • qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish;
  • farazandlarning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga olish;
  • yuz-ko‘zni notoza qo‘l bilan ushlamaslik;
  • uy hayvonlarini boqishda, asrashda gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish;
  • odamlar oldida yo‘talganda yoki aksirganda og‘izni va buruni dastro‘mol, salfetka yoki bukilgan tirsak bilan to‘sish;
  • shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklanish;
  • ovqatlanishda yaxshilab pishirilgan, asosan qaynatilgan va qovurulgan taomlardan iste’mol qilish, iste’mol qilinayotgan go‘sht va sut mahsulotlarining yaxshilab pishganligiga ishonch hosil qilish;
  • isitma, yo‘tal va nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qilish;

Eng asosiysi shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish!

“Agarda sizda COVID-19 koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol tug‘ilsa, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingan edi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning ta’kidlashicha, mavjud vaziyat bo‘yicha xavotirga o‘rin yo‘q. Ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar, u bilan birga Fransiyadan uchib kelgan yo‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati tuzilgan, ularning yashash joylarini aniqlash va ular ustidan tibbiy kuzatuv o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, epidemiyaga qarshi barcha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0