O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi

© Uzbekskie avialiniiSpetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta
Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyada bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi.

“Joriy yilning 15-mart kuni soat 06.00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi”, - deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xabarida.

Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov mavjud vaziyat bo‘yicha xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi. Ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar, u bilan birga Fransiyadan uchib kelgan yo‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati tuzilgan, ularning yashash joylarini aniqlash va ular ustidan tibbiy kuzatuv o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, epidemiyaga qarshi barcha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Bu xabardan keyin aholi o‘rtasida vahima uyg‘onishi kerak emas. 80 foiz holatlarda kasallik yengil o‘tmoqda, 15 foiz holatlarda o‘rta darajada, faqat 5 foiz holatlarda og‘ir holat. Kasallik og‘ir o‘tishi holatlari surunkali kasalligi bor yoshi katta odamlarda kuzatilmoqda. Ko‘rapmizki, kasallanganlarning 50 foizdan ortig‘i butunlay sog‘ayib, normal holatga qaytgan. Shuning uchun, xalqimizdan so‘rardikki, vahimaga tushmasdan, shaxsiy gigiyena qoidalariga jiddiy rioya etishlarini, xonadonlarini ozoda saqlash, jamoat transportidan foydalangandan keyin doim qo‘llarni sovunlab yurish, zararsizlantiruvchi vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi, -dedi u.
Yangiliklar lentasi
0