Oziq-ovqat mahsulotlarida tanqislik boʻlmaydi, deb ishontirdi soliq qoʻmitasi rahbari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Soliq organlari va prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan birgalikda doimiy asosda ishlaydigan maxsus shtab tuziladi va har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi.

TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev karantin vaqtida Oʻzbekistonda bozorlar yopilmasligini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Lecheniye patsiyentov v tsentralnoy bolnitse goroda Uxan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistondagi ilk koronavirus toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot berildi

"Eng muhimi, birinchi navbatda, vahimaga tushmaslik. Oʻtgan ikki oy davomida biror bir mahsulotga narx oshdimi? Yoki narx oshishiga biror omil taʼsir qildimi? Hech qanday taʼsir boʻlgani yoʻq. Soliq organlari va prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan birgalikda doimiy asosda ishlaydigan maxsus shtab tuziladi va har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi. Shukrona qilib aytishimiz kerak, Oʻzbekiston oziq-ovqat mahsuloti bilan oʻzini-oʻzini taʼminlay oladigan mamlakat. Goʻsht mahsuloti boʻladimi, poliz mahsulotimi, hamma mahsulotlar hech qanday muammo boʻlmasligi kerak. Odamlarimiz vahimaga tushmaslik uchun aytmoqchimanki, hukumat tomonidan bunday vaziyat doimiy asosda nazoratga olib boriladi. Nafaqat Toshkentda, balki hududlardagi bozorlarda ham. Birorta bozor, birorta savdo doʻkoni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bozorlarimiz juda ham toʻkin-sochin", — degan Musayev.

Tanqislik boʻlmaydi: Oʻzbekistonda oziq-ovqat yarmarkalari ishga tushiriladi >>>

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus bilan bemorlanish ilk holati qayd etilganidan soʻng, bugun, yakshanba kuni, Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bagʻishlangan shoshilinch yigʻilish oʻtkazgan edi.

Yangiliklar lentasi
0