Namanganda ommaviy tartibsizlik "bartaraf etildi"

© Press-slujba UVD Namanganskoy oblastiV Namangane proshli ucheniya po predotvrasheniyu obshestvennix besporadkov
V Namangane proshli ucheniya po predotvrasheniyu obshestvennix besporadkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus taktik mashqlar ichki ishlar xodimlarning bu boradagi jangovar salohiyati hamda jismoniy tayyorgarligini mustahkamlaydi, deya ishonch bildiradi IIB

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Namangan shahri "Otchopar" o‘yingohida viloyat IIB tomonidan ommaviy tartibsizlikning oldini olish bo‘yicha maxsus taktik-o‘quv mashqi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

Chto s kazaxstansami, bejavshimi v Kirgizstan iz-za besporadkov - Sputnik O‘zbekiston
Ommaviy janjaldan qochgan aholi Qirg‘izistonda qanday kutib olindi

Tadbirda IIB, prokuratura, DXX, Milliy Gvardiya, FVB, Bojxona, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va hududiy bo‘limlari hamda boshqa aloqador idoralar vakillari ishtirok etishdi. 

Mashq afsonasiga ko‘ra, hodisa 11-mart kuni soat 09:30 da Namangan shahar "Do‘stlik bozori" hududida ro‘y beradi. Buyumlarni xarid qilish uchun kelgan 200 nafargaga yaqin fuqarolar va chakana savdo bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bozor hududida muntazam ravishda elektr manbai o‘chirilayotganligi natijasida plastik kartalardan savdo qilish imkoni bo‘lmayotganligidan norozi bo‘lib, ruxsat etilmagan namoyishni rejalashtiradilar.

Bu haqda viloyat IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bataloni naradi Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga ma’lum qiladi.

© Press-slujba UVD Namanganskoy oblastiV Namangane proshli ucheniya po predotvrasheniyu obshestvennix besporadkov
Namanganda ommaviy tartibsizlik bartaraf etildi - Sputnik O‘zbekiston
V Namangane proshli ucheniya po predotvrasheniyu obshestvennix besporadkov

Yuzaga kelgan vaziyatga baho berib, hamkorlikdagi tezkor shtab boshlig‘i-Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Ataxodjayev tomonidan barcha ichki ishlar organlari ma’muriy binolarini qo‘riqlash va mudofaa etilishi hamda ommaviy tartibsizliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish haqida qaror qabul qilindi va maxsus kuch-vositalari orqali vaziyat bartaraf etildi.

© Press-slujba UVD Namanganskoy oblastiV Namangane proshli ucheniya po predotvrasheniyu obshestvennix besporadkov
Namanganda ommaviy tartibsizlik bartaraf etildi - Sputnik O‘zbekiston
V Namangane proshli ucheniya po predotvrasheniyu obshestvennix besporadkov

"Yurtimizga "Navro‘z" umumxalq bayrami yakinlashib kelmoqda. Ushbu bayramda shahar-u qishloqlarda, bog‘-u xiyobonlarda turli sayillar, bayram tantanalari nishonlanadi. Namangan viloyati aholisi bayramni ko‘tarinki kayfiyat va behavotir qarshi olishlari uchun ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida mas’uliyatni yana bir karra oshirish lozim bo‘ladi. Yuqoridagi kabi maxsus taktik mashqlari esa xodimlarning bu boradagi jangovar salohiyati hamda jismoniy tayyorgarligini mustahkamlaydi", - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0