Ommaviy janjaldan qochgan aholi Qirg‘izistonda qanday kutib olindi

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston janubida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar tufayli 20 mingdan ortiq mahalliy aholi, asosan ayollar va bolalar qo‘shni Qirg‘izistonga qochib ketdi.

Qozog‘iston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, chegara orqali 24 ming kishi o‘tdi. Qirg‘iziston chegarachilarining ma’lumotiga ko‘ra, ikki baravar kam aholi qo‘shni respublika hududiga kelgan.

Qochqinlar barcha zarur bo‘lgan narsalar: oziq-ovqat, issiq yotoq va asosiy zarur buyumlar bilan ta’minlandi.

Ommaviy janjal bo‘lgan Masanchi qishlog‘i ayni damda asta-sekin hayotga qaytmoqda. Ayrim fuqarolar uylariga qaytishdi. Uyda ularni achinarli ahvol kutmoqda: vayron va kul bo‘lgan uy va avtomashinalar, huvillab qolgan ko‘chalar.

Qozog‘iston hukumati vayron bo‘lgan uylarni ta’mirlash, yetkazilgan ziyonni qoplash va hujjatlarni tiklashga yordam berishga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, 7-fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlog‘ida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. Tartibsizlikda qariyib 400 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qo‘lga oldi. 30 tadan ortiq uy, 15 ta do‘kon yonib, vayron bo‘ldi, 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi. 

Otishma bilan o‘tgan mojaroda 47 kishi qo‘lga olindi. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining "ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va unda ishtirok etish" (uch yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) va "qotillik" (8 yildan 15-yilgacha) moddalari bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0