TOShKENT, 13 mar - Sputnik. So‘nggi 25-yilda erkaklar va ayollar huquqlari tengligi sohasida erishilgan katta yutuqlarga qaramay, ayni vaqtda birorta davlat ushbu sohadagi muammolar to‘laligicha hal etilgan, deya bayonot bera olmaydi, BMT barcha davlatlarni huquqlar tengligi uchun kurashni davom ettirishga chorlab qoladi, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasida BMT Taraqqiyot dasturi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan vakil Rashid Aluash.
"Pekin deklaratsiyasi qabul qilinganidan so‘ng oradan 25-yil o‘tib, dunyo ayniqsa sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida gender tenglikka yaqinlashdi. Butun dunyoda onalar o‘limi darajasi sezilarli kamaydi. Qachonlardir ayollar uchun yopiq bo‘lgan kasblarda bugun ayollar rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmoqda. 140dan ortiq mamlakat o‘z Konstitutsiyasida gender tenglikni kafolatlamoqda. 150dan ortiq davlat esa jinsiy xiralik to‘g‘risida qonun qabul qildi",- dedi Aluash.
Shunday bo‘lsa-da, hozircha hamma muammolar barham topgan emas, tenglik uchun kurash davom etmoqda.
"Bugungi kunda 2 milliard 500 million nafar ayol qonuniy ravishda erkaklar kabi qaror qabul qilish imkoniyatidan cheklangan. Taxminan 650 million ayol va qizlar 18 yoshga to‘lgunga qadar turmushga uzatilgan. Ayollarning 35%i jinsiy sherigi yoki boshqa kishilar tomonidan zo‘ravonlikka uchragan", - dedi u.
"Ammo manfaatdor tomonlar ko‘rayotgan barcha choralarga qaramay, birorta davlat yo‘qki, ayollar holatini yaxshilash bo‘yicha masalalar to‘laligicha tartibga solingan, deya ayta oladigan. Shu munosabat bilan BMT doimo mamlakatlarni gender muammosiga chuqur e’tibor qaratishga chaqirib keladi. Bu bizning umumiy majburiyatimizga aylanishi darkor", - deb ta’kidladi Aluash.