Toshkentda yoshlar gender asosidagi zo‘ravonlik haqida o‘z fikrlarini bildirishdi

© Predstavitelstvo YuNISEF v Uzbekistane"Dialog s molodejyu" v Tashkente
Dialog s molodejyu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoshlar bu borada o‘zlarining va o‘z tengdoshlarining boshidan o‘tgan tajriba haqida gapirdilar.

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkentda bir guruh yoshlar YuNICEF va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan "Yoshlar bilan muloqot" tadbirida ishtirok etdi. Uchrashuvda yoshlar gender asosidagi zo‘ravonlik haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Yoshlar o‘zlarining va o‘z tengdoshlarining boshidan o‘tgan tajribalari haqida so‘zlab berishdi. YuNISEF xabariga asosan.

So‘zga chiqqanlarning barchasi gender asosidagi zo‘ravonlik butun dunyoda, jumladan  O‘zbekistonda qizlar va yosh ayollarga bo‘lgan salbiy ta’siri ko‘rsatishini ta’kidladilar.

Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston
G‘ayritabiiy usulda zo‘ravonlik ishlatilgan ayol xotin-qizlar qo‘mitasi himoyasiga olindi

“Global tadqiqotlar qizlar va ayollarga qarshi zo‘ravonlik barcha jamiyatlarda mavjud ekanligini isbotladi. Ko‘pchilik odamlar zo‘ravonlikni muqarrar deb qabul qiladi. Ko‘pincha zo‘ravonlik hodisalari haqida qo‘rquv va uyalish sababli xabar qilinmaydi," - dedi YuNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.

Eslatib o‘tamiz, zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan va uning guvohi bo‘lgan ayollar 1146 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda zo‘rovonlik qurboni bo‘lgan ayollarga ruhiy, huquqiy, ijtimoiy va tibbiy yordam ko‘rsatuvchi 130 dan ortiq markazlar barpo etilgan. Ayollar yashashi uchun kerakli shart-sharoitlar markaz uchun ajratilgan binolarda tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0