TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Ispaniyalik shifokorlar immunitet tizimi ishlashini qo‘llab-quvvatlaydigan mahsulotlarni sanab o‘tdilar, deb xabar qildi La Vanguardia.
Ro‘yxat boshida bakteriya, virus va teri kasalliklaridan himoya qiladigan sarimsoq keltirilgan. Undan keyin vitaminlarga boy bodom va nafas olish yo‘llarini himoyalovchi qorag‘at (chernika) sanab o‘tilgan.
Bundan tashqari, shifokorlar tovuq yoki kurka sho‘rvasini ratsionga qo‘shishni tavsiya qilishgan. Bu shamollash vaqtida burunda shilliq qavat paydo bo‘lishining oldini oladi.
Shuningdek, ro‘yxatga beta-karotinga boy kartoshka va brokkoli kiritilgan. Qo‘ziqorin, qora shokolad, sitrus mevalari, anor, kivi, papayya, ismaloq, bug‘doy novdasi, mollyuska, ustritsa ham virusdan himoyalovchilar qatorida sanab o‘tilgan.
Shifokorlar immunitetni mustahkamlaydigan ziravorlar sifatida zanjabil va kurkumani, ichimliklardan esa - ko‘k choy va qatiqni e’tirof etganlar.