TOShKENT, 12 mar – Sputnik. 2020-yil 10-mart kuni Samarqand viloyatida IIB YHXB xodimlari hamda 1982-yilda tug‘ilgan haydovchi S.O. o‘rasida nizo kelib chiqqan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Toyloqdagi mahallalarning birida avtomobil yo‘liga xizmatga jalb etilgan YHXB xodimlari “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisini “xavfsizlik kamarini” taqmaganligi uchun to‘xtatgan.
Sodir etgan qoidabuzarligi haqida tushuntirilayotgan vaqtda haydovchi YPX inspektorining ma’muriy bayonnoma tuzishiga qarshilik qilgan, uni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, transport vositasini boshqargancha hodisa joyidan ketib qolgan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Toyloq tumani Ma’muriy sudiga yuborilgan. Sudning 2020-yil 11-mart kunidagi qarori bilan haydovchiga 7 sutkalik qamoq jazosi tayinlangan.