TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Joriy yilning 11-mart kuni Samarqanddagi chorrahalarning birida 3 avtomashina ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, avval "Kaptiva" "GAZ-330232" rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.
Natijada "GAZ-330232" harakatlanib, yo‘lning qatnov qismi chetida to‘xtab turgan "VAZ-2107" avtomashinasiga borib urilishi natijasida yoni bilan ag‘darilib tushgan.
Yo‘l-transport xodisasi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, shikastlangan avtomashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda hodisa yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.