TOShKENT, 12 mar – Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston katta Hisor kanalini tozalash ishlarini boshladi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Umumiy hisobda taxminan 18 kilometr joy axlat va qulagan daraxtlardan tozalash rejalashtirilgan.
Katta Hisor kanalini tozalash ishlari 8-mart kuni boshlandi. Hisor qishlog‘idan kanal boshi - Sino tumanidagi Dushanbe darosiga qadar ishlar davom etmoqda. Kanalning 3 kilometr joyi tozalandi.
O‘zbekiston obyektga 9 ta ekskavator, Tojikiston tomoni uchta maxsus texnikani va 30 ishchini yubordi.