TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Tojikistonda 12 martga oʻtar kechasi zilzila yuz berdi. Zilzila epimarkazi Dushanbedan 82 km uzoqlikda joylashgan, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qoʻmitasida maʼlum qilinishicha, zilzila kuchi Rogʻun yaqinida, 11 martdan 12 martga oʻtar kecha, mahalliy vaqt bilan soat 22:11da sezildi.
Seysmologlarning maʼlumotlariga koʻra, Rogʻundan 8 kilometr yaqinida zilzila yuz bergan. Zilzila epimarkazida 3 ball va Rogʻun shahrida 2-3 ball boʻlgan.
Talofat yoki jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmadi.