"Odamlarga yoqaptiku". Gorbachev qayta qurishni nega boshlagandi?

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni SSSR, Marshal Sovetskogo Soyuza Dmitriy Yazov (sleva), Prezident SSSR Mixail Gorbachev (v sentre), chlen Politburo SK KPSS, Predsedatel Soveta Ministrov SSSR Nikolay Rijkov (sprava) na voyennom parade, posvashennom 45-letiyu Pobedi.
Ministr oboroni SSSR, Marshal Sovetskogo Soyuza Dmitriy Yazov (sleva), Prezident SSSR Mixail Gorbachev (v sentre), chlen Politburo SK KPSS, Predsedatel Soveta Ministrov SSSR Nikolay Rijkov (sprava) na voyennom parade, posvashennom 45-letiyu Pobedi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z vafotidan bir oz oldin, Germaniya sobiq kansleri Xelmut Kol o‘z memuarlarini qayta ishlash uchun yollangan yozuvchi bilan suhbatda Gorbachov siyosatining soddaligi va uzoqni ko‘zlamaganligidan ochiqchasiga hayron bo‘lgan.

Vladimir Kornilov

Bundan 35-yil oldin, 1985-yil mart oyida Mixail Gorbachov bir ovozdan SSSR Markaziy Qo‘mitasining Bosh kotibi etib tasdiqlandi. Aslida, qayta qurishning boshlanishini aynan shu paytdan hisoblash mumkin. Bu atamani Sovet Ittifoqi rahbarining o‘zi bir oy o‘tgach, Markaziy Qo‘mitaning aprel oyidagi plenumida qo‘llay boshladi. Biroq, Gorbachev Bosh kotib lavozimiga tasdiqlanganidan so‘ng, o‘zining birinchi nutqida yana ikkita atamani ishlatdi, ular o‘sha paytdagi o‘zgarishlarning timsoliga aylandi: "oshkoralik" va "jadallashuv".

Prezident RF V. Putin vstretilsya s rabochey gruppoy po podgotovke popravok v Konstitutsiyu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya sobiq SSSR respublikalarining barcha qarzlarini to‘lagan - Putin

Ushbu o‘zgarishlarning natijalari bizga yaxshi ma’lum: bir tomondan, biz haqiqatan ham Rossiya tarixida ilgari misli ko‘rilmagan oshkoralikka ega bo‘ldik. Boshqa tomondan, atigi olti yillik "islohotlar" nafaqat tizimni, balki sayyoramizning ikkita kuchli davlatlaridan biri bo‘lgan butun davlatimizni demontaj qilishga olib keldi. Keyin "avliyo to‘qsoninchi yillar" keldi, bu davr iqtisodiyotning to‘liq qulashi, jinoyatchilik quturishi, mamlakatning turli qismlarida yuz bergan qonli to‘qnashuvlar, parlamentni nishonga olgan tanklar, nochor qashshoqlik va bir necha avlodlar umidlarining puchga chiqishi bilan yodda qoldi.

Gorbachovning o‘zi va uning advokatlari doimo qayta qurishning barcha salbiy oqibatlari uchun SSSR prezidentidan javobgarlikni sokit qilishga harakat qilib keladilar: ya’ni oshkoralik va demokratiya ularning xizmati, 90-yillardagi qashshoqlik va SSSR parchalanishida esa faqatgina 1991-yildagi muvaffaqiyatsiz to‘ntarish a’zolari va Gorbachov o‘rniga kelganlar aybdor. Ya’ni, barcha salbiyliklar qayta qurish natijasida emas, balki unga qaramay sodir bo‘lgan.

Shu bilan birga, tarixni shunday gapiradiganlar vaqti-vaqti bilan o‘zlariga zid gapirayotganlarini ham sezmaydilar. Masalan, shu kunlarda, Gorbachov fondining asoschilaridan biri, falsafa fanlari doktori Aleksandr Sipko "xochga mixlangan qayta qurish" nomli juda g‘alati maqolasida Rossiya liberallariga Boltiqbo‘yi davlatlari tomonidan ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritishda so‘nggi bosh kotibning rolini ahamiyatsiz yoki hatto rad etishga urinayotgani uchun norozilik bildirdi.  Muallif shu bilan qayta qurishni SSSRning qulashi bilan bevosita va tabiiy ravishda bog‘lab qo‘yganini sezmaydi ham.

Gullagan novdani ushlab turgan qiz, O‘zbekiston SSR, 1967-yil - Sputnik O‘zbekiston
SSSR davrida bahor qanday kutib olingan – eng yorqin suratlar

Gorbachevning o‘zi har yili o‘z intervyularida: "1991 yil avgust oyida to‘ntarishni uyushtirganlar qayta qurish va Sovet Ittifoqining qulashi uchun javobgardir", degan gapni takrorlaydi. Ya’ni, bularning barchasida asosiy narsa chalkashtirmaslikdir: qayta qurishning otasi sobiq SSSR respublikalariga ozodlik va mustaqillik olib keldi, ammo uni buzmadi, barchasiga putchistlar aybdor. Oddiy qilib aytganda, agar siz qayta qurishning oqibatlarini yoqtirsangiz, unutmang: bularning barchasi Gorbachovning xizmatlari. Agar siz davlatning qulashini qoralasangiz, yodingizda tursin: Gorbachovning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu oson-ku.

Albatta, hech qanday holatda ham o‘tkazib yuborish kerak emas - misol uchun sobiq rahbarni oqlash yoki AQShning yagona geosiyosiy raqibini yo‘q qilish uchun "sahna ortidagi" makkor rejani ongli ravishda amalga oshirganlikda ayblab, uni keskin qoralash ham kerak emas. Ammo aniq sabablarni ham inkor etib bo‘lmaydi. Oxir-oqibat Gorbachovning o‘zi: "Albatta, prezident sifatida mamlakatda ro‘y berayotgan barcha jarayonlar uchun javobgar bo‘lganman",deya ochiq tan oladi. Kelgusida tarix qanday rivojlanmasin, bu javobgarlikni undan olib tashlash mumkin emas. Buni SSSRning yagona prezidentining hozirgi va kelajakdagi barcha yuristlari tushunishi kerak.

Ministr oboroni SSSR, Marshal Sovetskogo Soyuza Dmitriy Yazov (sleva), Prezident SSSR Mixail Gorbachev (v sentre), chlen Politburo SK KPSS, Predsedatel Soveta Ministrov SSSR Nikolay Rijkov (sprava) na voyennom parade, posvashennom 45-letiyu Pobedi. - Sputnik O‘zbekiston
Gorbachev SSSR parchalanishining asosiy sababini aytdi

Qayta qurish va umuman Gorbachovning boshqaruvi tarixi islohotlarni amalga oshirish uchun islohotlar, chiroyli so‘zlar bilan, o‘z va ayniqsa chet el jamoatchiligining bir qancha vaqt ko‘nglini olish uchun, oqibatlarini oldindan hisoblamasdan, aniq strategiyaga ega bo‘lmasdan amalga oshirishning juda ibratli namunasidir.

1980 yillarning oxirida Donbass rahbariyati tarkibida bo‘lgan sobiq yuqori martabali Ukraina rahbarlaridan biri menga bergan intervyusida, konchilar birinchi ish tashlashi avjiga chiqqanida, butun mintaqaviy partiya faollari Gorbachev bilan Moskvada favqulodda uchrashuvga chaqirilganini esladi. Bu tushunarli edi: uzoq davom etgan ish tashlash Ukraina domen pechlarini to‘xtatishi tahdidi ostida edi, bu esa butun mamlakat uchun iqtisodiy inqirozga olib kelardi.

Donesk "generallari" (shaxtalar va fabrikalarning bosh direktorlari shunday nomlanishgan), noroziliklarni zudlik bilan to‘xtatish choralari muhokama qilinishiga ishonishgan. Bundan tashqari, Britaniya Bosh vaziri Margaret Tetcherning konchilar ish tashlashi bilan bog‘liq qattiq harakatlari hammaning yodida edi. Donbass rahbarlari SSSR Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibining pozitsiyasini eshitib, hayratga tushishgan. Vaziyat iqtisodiyotda jiddiy inqirozga olib kelganini anglagan Gorbachov g‘azablana boshladi: "Qanday achinarli! Biz keng jamoatchilik tashabbusini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Konchilar ish tashlashi - bu yaxshi misol!" Tetcherni o‘z mamlakatidagi ish tashlashlar haqida shunday so‘zlar bilan tasavvur qilish mumkinmi? Ritorik savol.

Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Gorbachev va katta Bush Rossiya bilan AQShni "yarashtirishmoqchi"

Aslida, qayta qurish davridagi islohotga qaramasak, biz "ommaviy tashabbusni qo‘llab-quvvatlash" yondashuvi muhimroq bo‘lganini anglaymiz, bu sharoitda bunday yondashuv oqibatlari tushunib yetilmagan bo‘lsa-da. Partiya nomenklaturasi imtiyozlarining ramzi sifatida "Berezka" savdo tarmog‘ining do‘konlariga qarshi qanday birgalikda yurish qilinganini eslaylik. "Berezka" tarmog‘i mag‘lubiyatga uchradi, bu darhol budjetga tushadigan valyuta oqimini kamaytirdi, bu shunchaki azob chekayotgan partiya amaldorlari emas, balki chet elda yillar davomida mojaroviy nuqtalarda ishlagan va bir kechada valyuta omonatlarini yo‘qotgan sovet fuqarolarini aldash bo‘ldi.

Yoki 1985-yilda Gorbachov hokimiyatga kelishi bilanoq boshlangan alkogolga qarshi kampaniyani olaylik. Aftidan, xolis maqsad nazarda tutilgan: odamlar salomatligi uchun kurash. Ammo oxir-oqibat, bu ichimliklar do‘konlarida bir necha soatlik navbatlarga, uning o‘rnini bosuvchi qalbaki maxsulotlardan ommaviy zaharlanishiga, qishloq xo‘jaligining deyarli butun sohasini yo‘q qilishga aylandi va natijada kampaniya to‘xtatildi.

Hech kim bu barcha oqibatlarni oldindan hisoblamagan. Barcha soxta islohotlar uchun asosiy va yagona  sababi(va ularning ro‘yxati uzoq davom ettirish mumkin) bir zumlik "Odamlarga yoqaptiku" edi. Va, haqiqatan, dastlab yoqqan ediku. Qanday bo‘lmasin, o‘sha odamlar to‘satdan inflyatsiyaga duch kelgunga qadar, barcha jamg‘armalar yo‘q bo‘lib, ish joylari yo‘qolguniga, shu paytgacha tinch respublikalarda etnik nizolarga, davlat tuzilmalari to‘liq tanazzulga yuz tutgaaniga qadar. 1917-yil fevral oyida bo‘lgani kabi keyin, populizm nafaqat davlat boshqaruvi bilan hamohang bo‘lishi mumkin, balki uni yo‘q qiladigan narsa ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
"Zamon, ochig‘ini aytaman, tahlikali". Gorbachev Putinga yozgan maktubi haqida gapirdi

Ko‘rinishidan, postsovet jamiyatining aksariyat qismi xotirasida saqlanib qolgan bunday foydali darslardan keyin biz uzoq vaqt davomida shunga o‘xshash eksperimentlarga qarshi emlanganmiz. Ammo bugungi Ukraina misoliga e’tibor bering. O‘tgan yili Vladimir Zelenskiyning g‘aroyib g‘alabasidan so‘ng, "odamlarga yoqaptiku" degan ibora ukrainalik mutaxassislar tomonidan muntazam tilga olinar edi. Hech bo‘lmaganda, yaqinda o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, uning reytingi keskin pasayguniga qadar.

Yo‘q-yo‘q, biz hozirgacha ba’zi mahalliy liberallardan - "yosh islohotchi" Zelenskiyning g‘alabasi Rossiya uchun ajoyib misol ekanligini eshitamiz. Ammo yanvar oyida Ukrainada to‘rt yil ichida birinchi marta o‘z iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutgani qayd etilgani esa aynan o‘sha "yosh islohotchilar" faoliyati bilan bog‘liq emas. Ko‘rinishidan, 35-yil oldin boshlangan islohotlar muvaffaqiyatsiz bo‘lganiga o‘hshab.

...GFR sobiq kansleri Xelmut Kol o‘limi oldidan o‘z memuarlarini qayta ishlash uchun yollangan yozuvchi bilan suhbatda Gorbachov siyosatining soddaligi va uzoqni ko‘zlamaganligidan ochiqchasiga hayron bo‘lgan. Sobiq kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada bizning mamlakatimiz uchun bugun ro‘y bergan ortga qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarning oldini olish uchun unga "mushaklar bilan o‘ynash" kifoya bo‘lar edi. Ammo bunday o‘yin birovlarga yaxshi ko‘rinish istagiga to‘g‘ri kelmas edi. Shu bois, o‘z-o‘zini parchalash yo‘nalishi davom ettirildi.

Yangiliklar lentasi
0