Eron koronavirusga qarshi kurash uchun AQSh sanksiyalari olib tashlanishini talab qildi

© AFP 2023 / CARL COURTIranskoe posolstvo v Londone
Iranskoe posolstvo v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus - COVID-19 epidemiyasini pandemiya deb e’lon qildi.

TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Eron BMT bosh kotibi Antoniu Guttereshga maktubni yo‘llab, unda koronavirusga qarshi kurash uchun AQSh tomonidan respublikaga qo‘yilgan sanksiyalarini bekor qilish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Test-sistemi dlya diagnostiki novogo koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya YeOII va Eronga koronavirus test-tizimlarini yetkazib berdi

Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Abbos Musaviy bayonot bergan.

"Eron TIV rahbari (Muhammad Javad) Zarif BMT bosh kotibiga yo‘llagan, nusxalari xalqaro tashkilotlar rahbarlari va barcha davlatlar tashqi ishlar vazirlariga yuborilgan maktubida, AQShning Eronga qaratilgan barcha biroqlama va noqonuniy sanksiyalarini koronavirusga qarshi kurash uchun olib tashlash zarurligini ko‘rsatdi", - deb yozadi Twitterda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Xitoy hukumati 2019-yilning 31-dekabrida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakat markaziy qismi (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida avj olgan noma’lum pnevmoniya haqida xabardor qilgan edi.

Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi - yangi koronavirus ekanligini aniqlashdi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus - COVID-19 epidemiyasini pandemiya deb e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0