Bolalar boshlang‘ich ta’limga bepul va majburiy o‘qitiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDeti v modulnom detskom sadu
Deti v modulnom detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha to‘liq ta’minlanadi. Tayyorlov guruhlari uchun o‘quv yili 2020-yil 10-martdan boshlanib, 20-avgustda tugaydi.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Hukumatning joriy yil 9-mart kuni imzolangan (“Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli) qarori bo‘yicha, bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy 1-yillik bepul tayyorlash tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qildi

V Karakalpakstane otkrili noviy detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston
Bog‘chaga bormaydigan bolalarga majburiy boshlang‘ich ta’lim beriladi

Qaror ijrosi 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha to‘liq ta’minlanadi. Tayyorlov guruhlari uchun o‘quv yili 2020-yil 10-martdan boshlanib, 20-avgustda tugaydi.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab esa tayyorlov har yili 2-sentabrdan boshlanib, keyingi yilning 25-mayida tugaydi.

Bog‘cha va ulardan tashqari tashkil etiladigan tayyorlov guruhlarining tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta’limga tayyorgarlikdan o‘tgan hisoblanadi, ular 1-yillik majburiy bepul tayyorlovdan ozod etiladi.

Tayyorgarlikdan o‘tgach, bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Shuningdek, 2024-2025 o‘quv yiliga kelib, 6 yoshdagi 100 foiz bolalar maktabgacha ta’limga jalb etiladi.

Tayyorlov guruhlari bog‘chalarda tashkil etiladi. Undagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi, ular 3-4 soat davomida o‘qitilib, ta’lim-tarbiya jarayoni bir yoki ikki smenada tashkil etilishi belgilangan.

Bog‘cha mavjud bo‘lmagan yoki yetarli sharoit bo‘lmagan taqdirda tayyorlov guruhlari boshqa mos binolarda tashkil etilishi mumkin. 

 

 

Yangiliklar lentasi
0