Koronavirus sababli Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yuridik forum qoldirildi

© Facebook / Tashkent Law SpringPlenarnoe zasedanie Mejdunarodnogo yuridicheskogo foruma "Tashkent Law Spring"
Plenarnoe zasedanie Mejdunarodnogo yuridicheskogo foruma Tashkent Law Spring - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi qoldirildi.

TOShKENT, 10 mar – Sputnik. 23-25 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi.

Rasprostranenie koronavirusa novogo tipa v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyga COVID-19 chetdan olib kirilmoqda

Bunday qaror forum qatnashchilari, shu jumladan xorijiy mehmonlar va fuqarolar orasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Tashkiliy qo‘mita ilgari ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarni Forum qoldirilgani haqida xabardor qilish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi, shuningdek, Forumning o‘tkaziladigan aniq sanalarini qo‘shimcha ravishda keyinroq e’lon qiladi.

“Forumning keyinga qoldirilishi ilgari e’lon qilingan “Eng yaxshi yuridik xizmat”, “Eng yaxshi advokatlik tuzilmasi” respublika tanlovlari o‘tkazilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval Jismoniy tarbiya va sport vazirligi respublika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0