Jamiyat

GMdan mashina olmayman: oʻzbekistonliklar narx oshishiga qarshi fleshmob uyushtirishdi

© GM UzbekistanAktsiya GM Uzbekistan "Avtosalon pod otkrыtыm nebom"
Aktsiya GM Uzbekistan Avtosalon pod otkrыtыm nebom - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yangi #GM_Uzbekistondan_moshina_olmayman xeshtegi ijtimoiy tarmoqlarda tobora ommalashmoqda. Odamlar shu tariqa oʻz noroziliklarini namoyish etishmoqda.

TOSHKENT, 11 mar - Sputnik. Oʻzbekistonliklar UzAuto Motors kompaniyasining avtomobil narxilarini oshirganiga qarshi fleshmob uyushtirishdi.

Yangi #GM_Uzbekistondan_moshina_olmayman xeshtegi ijtimoiy tarmoqlarda tobora ommalashmoqda. Odamlar shu tariqa oʻz noroziliklarini namoyish etishmoqda.

Koʻpchilik UzAuto Motors (avvalgi General Motors Uzbekistan) kompaniyasi umuman yopilib ketsa, qarshi emasligini yozmoqda.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

#challenge #gm_uzbekistondan_moshina_olmayman

Publikatsiya ot streetracer (@nfd_team_murodil)

“Odamlar mashina olish uchun yillab pul yigʻadi. Lekin har doim uning narxi oshirilishi tufayli uni sotib ololmaydi. Ushbu ijtimoiy norozilik bilan biz bunday narx oshirilishiga qarshi ekanimizni isbotlamoqchimiz”, - deya yozadi kuyunib oddiy fuqarolardan biri.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha UzAuto Motors kompaniyasi 9 martdan avtomobillar uchun yangi narxlarni eʼlon qilgan edi. Unga koʻra, avtomobillar narxi turiga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshgan.

Yangiliklar lentasi
0