TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Ukraina hukumati koronavirus tufayli mamlakat o‘qish muassasalarida uch haftalik karantin joriy qildi, ommaviy tadbirlarning o‘tkazilishi ham ta’qiq ostida qoldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ukrainada yangi infeksiya bilan bemorlanish ilk holati o‘tgan haftada Chernovisk viloyatida qayd qilingan edi. Virusni yuqtirgan shaxs - Italiyadan kelayotgan sayyoh bo‘lgan. Koronavirus simptomlari ukrainalikda u vataniga qaytib kelgach, ikki kundan so‘ng namoyon bo‘lgan. Kasallik alomatlari paydo bo‘lganiga qadar u oila shifokori tavsiyalariga amal qilgan.
Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi bemor holati stabil ekanligini, temperaturasi normalligini, ammo u hozircha zaifligini ma’lum qilgan. Erkakni davolash ishlari davom etmoqda.
Xitoy hukumati 2019-yilning 31-dekabrida Butundahon sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakat markaziy qismi (Xubey provinsiyasi)da Uxan shahrida avj olgan noma’lum pnevmoniya haqida xabardor qilgan edi.
Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi - yangi turdagi koronavirus ekanligini aniqlaganlar. BSST ushbu epidemiyani xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan favqulodda holat deb tan oldi va kasallikka rasman - COVID-19, deb nom berdi.