Video

"Moʻgʻul uchburchagi" siri yoki nima sababdan Markaziy Osiyoda koronavirus yoʻq

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shu kunga qadar Markaziy Osiyoda birorta ham koronavirus holati aniqlanmagan. Bunga "quruq havo va iqlim yoki isiriq" sababchi boʻlishi mumkin - BMT vaktsinalar instituti mutaxassisi.

BMTning Xalqaro vaktsinalar instituti direktori oʻrinbosari Mixail Favorov Toshkentga keldi. U Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov bilan birgalikda matbuot anjumani oʻtkazdi.

Mutaxassis oddiy tilda nima sababdan Markaziy Osiyo hududida birorta ham koronavirus  holati aniqlanmaganini tushuntirib berdi.

“Biz oʻzbekistonlik hamkasablarimiz bilan gʻalati bir holatni payqadik - “Moʻgʻul uchburchagi”ga kiruvchi mamlakatlarda birorta ham koronavirus holati aniqlanmagan. Biz buning sabablari haqida uzoq oʻyladik: bunga balkim quruq havo va iqlim sababchidir, yoki isiriq. Axir Markaziy osiyoda ushbu oʻtdan uzoq yillar davomida havoni zarasizlantirish vositasi sifatida  foydalanishgan. Hozircha sababi aniqlanmagan boʻlsada, lekin bu fakt faktligicha qolmoqda – MO mamlakatlari va Turkiyada birorta ham COVID-19 holati aniqlanmagan. ", — dedi Favorov.

Xalqaro vaktsinalar instituti mutaxassisi, shuningdek, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Shifokor Toshkentda mavjud boʻlgan maxsus izolyatsion bokslar va sunʼiy nafas olish uskunalari epidemiya vaziyatida yetmay qolishi mumkinligini ham alohida aytib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0