Orol tubini ko‘klamzorlashtirishga qaratilgan kraudfanding tashabbusiga start berildi

© Sputnik / Mariya NaumenkoPosadki saksaula na dne Aralskogo mora
Posadki saksaula na dne Aralskogo mora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashabbus doirasida Orol dengizining qurigan tubidagi 100 gektar maydonga 100 000 dona saksovul ko‘chatlari ekiladi.

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Joriy yilning 11-mart kuni BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi qoshidagi Akselerator laboratoriya tomonidan kraudfanding tashabbusiga start berildi.

Orol dengizi. - Sputnik O‘zbekiston
Orol: dahshatli fojia va maftunkor go‘zallik – qiziqarli suratlar

Mazkur tashabbus Greyen Aral Sea – Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan. Bu haqda O‘rmon Xo‘jaligi Davlat qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Tashabbus doirasida Orol dengizining qurigan tubidagi 100 gektar maydonga 100 000 dona saksovul ko‘chatlari ekiladi, Orol fojiasining oqibatlarini bartaraf etish va hududda yashovchi aholi turmush darajasini yaxshilashga hissa qo‘shiladi.

Kelajakda qurigan dengiz tubida yashil o‘rmon qoplamasi hududining kengayishi, bioxilmaxillikning ortishi, turmush sharoitlarning yaxshilanishi va barqaror daromad olish uchun yangi manbalar yaratilishi ko‘zda tutilgan.  

“Afsuski, biz dengizga suvni qaytarib fojiani orqaga qaytara olmaymiz. Lekin biz qilishimiz mumkin bo‘lgan ish, bu odamlarda kelajak uchun umid yaratishdir. Biz butun dunyo bo‘ylab ushbu fojia haqida xabardorlikni oshirgan holda global hamjamiyat yordami bilan zaharli qumlar makoni bo‘lgan cho‘lni saksovul daraxtlarining yashil o‘rmoni bilan qoplashimiz mumkin,” – deb ta’kidlaydi Akselerator laboratoriya mutaxassisi Farida Ahmatiy.

Orol dengizi o‘z vaqtida kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi ko‘l bo‘lgan. Oxirgi o‘n yilliklarda dengiz o‘z hajmining 90% ini yo‘qotib Orolqum dengiziga aylanib qolgan. Falokat mahalliy aholining sog‘lig‘i, iqtisodiy holati va hududdagi bioxilmahillikka fojiaviy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0