Oʻzbekiston hukumati qurigan hududda yaylov va oʻrmonzorlar yaratishga qaror qildi.
Sputnik muxbiri Orol dengizi qurigan sathining "0" nuqtasida boʻldi.
Vaziyat hududda yaxshilanmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati rahbari Qahramon Sariyevning soʻzlariga koʻra, Moʻynoq tumanida qator korxonalarning ishga tushirildi – ulardan toʻqimachilik fabrikasi va baliq konservalari kombinati. Bundan tashqari, qamishdan DSP ishlab chiqariladigan zavod qurilmoqda. Odamlar hududga qaytishni boshladi.
Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida joylashgan Orol dengizi 1960 yilga qadar dunyodagi toʻrtinchi yirik koʻl edi. Soʻnggi 55 yil ichida dengiz maydoni deyarli uch baravar kamaydi, suv sathi 29 metrga pasaydi, suv hajmi 15 baravar kamaydi, shoʻrlanish oshib, baliq yoʻqolib ketdi.












