London sudi Nazarboyev nevarasi yashayotgan hashamatli uyi bilan qiziqmoqda

Obuna bo‘lish
London sudi Nurali Aliyev narxi 100 million dollardan oshadigan uy sotib olish uchun mablag‘ qayerda olinganini aniqlamoqchi.

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. London Oliy sudi Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi - Nurali Aliyevdan Londonda 80 million funt sterling (104 mln dollar) qiymatida bo‘lgan ko‘chmas mulkni sotib olish uchun mablag‘ning kelib chiqishini tushuntirib berishini so‘ramoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Dom eks-prokurora - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi sotuvga qo‘yildi

Sud muhokamasining mavzusi Buyuk Britaniya poytaxti shimolidagi nufuzli Xempsted tumanidagi uy bo‘ldi.

Bu ko‘chmas mulkning egasi - offshorlarda ro‘yxatga olingan ikkita kompaniya ekanligi aniqlandi. Biroq, Buyuk Britaniyaning Jinoyatga qarshi milliy agentligi xodimlari 35 yoshli Nurali Aliyev, uning rafiqasi Aida va farzandlari kinoteatr va basseynga ega bo‘lgan uyda istiqomat qilayotganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Prokuratura ko‘chmas mulkni sotib olish uchun mablag‘, 2015-yilda Avstriyada qamoqxonada osilgan holda topilgan Rahat Aliyev bilan bog‘liqligini ta’kidlamoqda. O‘sha vaqtda qozog‘istonlik biznesmen, siyosatchi va diplomatga Qozog‘iston bankining ikki top-menejerini o‘ldirishda ayblov qo‘yildi.

Ayni vaqtda, Nurali Aliyevning advokatlari Rahat Aliyevning ko‘chmas mulk sotib olishda ishtirok etmaganligini sud so‘ragan barcha hujjatlar bilan isbotlashga harakat qilmoqda.

Qozog‘iston Adliya vazirligi boshlig‘i sudga izoh berishda qiynaldi.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Hovuzli qarorgoh: Gulnora Karimovaning Britaniyadagi dang‘illama uyi - foto

"Shaxsiy sud jarayoni haqida izoh berish uchun ularning yakunlanishini kutish kerak. Bu jarayonning barcha materiallarini o‘rganish kerak va shundan keyingina professional huquqshunos o‘z fikrini bildirishi mumkin. Bu uning fikri bo‘ladi", - dedi Marat Beketayev jurnalistlarga.

Davlat idorasining protsessga nisbatan pozitsiyaga ega bo‘lishi uchun "boshqa holatlar bo‘lishi kerak".

"Tegishli so‘rovlar yuborilishi kerak va bu ushbu davlat organining vakolatiga kirishi kerak", deb qo‘shimcha qildi Adliya vaziri.

Buyuk Britaniyada 2018-yilda kuchga kirgan Unexplained Wealth Orders (UWO) qonuni, 50 000 funt sterlingdan ortiq aktivlarga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga daromadning kelib chiqishini tushuntirib berish talab qilish huquqini beradi.

Chet el fuqarolariga nisbatan birinchi ish - Ozarbayjon Xalqaro Bankining sobiq rahbarining rafiqasi Zamira Gajiyevaning tergov ishi bo‘ldi. Britaniya hukumati bankir rafiqasidan 2ta obyekt bo‘yicha tushuntirish so‘raldi: 2013-yilda Londonning nufuzli Naytsbridj tumanida joylashgan uy 11,5 million funt va Askot shahri yaqinidagi yer maydoni 10,5 million funtga sotib olingan.

Nurali Aliyevga qarshi ish ikkinchi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0