Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi sotuvga qo‘yildi

© E-auksion.uzDom eks-prokurora
Dom eks-prokurora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning hashamatli uyi sotuvga qo‘yildi. Uyning boshlang‘ich bahosi o‘n millard yetti millon to‘qqiz yuz qirq ming so‘m.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning Toshkent shahridagi M.Ulug‘bek tumanidagi uyi sotuvga qo‘yildi, deya yozadi O‘zA.

Mazkur mulkning ochiq auksion savdosiga qo‘yilgan boshlang‘ich bahosi 10 007 940 000 (o‘n millard yetti millon to‘qqiz yuz qirq ming) so‘m. Turar-joy binosi 10 ta xonadan iborat.

© E-auksion.uzKuxnya v dome eks-genprokurora. Osobnyak bil vistavlen na torgi.
Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi sotuvga qo‘yildi - Sputnik O‘zbekiston
Kuxnya v dome eks-genprokurora. Osobnyak bil vistavlen na torgi.

Ta’kidlanishicha, mulk sobiq prokurorning turmush o‘rtog‘i nomida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2000 – 2015-yillar davomida O‘zbekiston  bosh prokurori bo‘lgan Rashid Qodirov sud hukmi bilan 10-yil ozodlikdan mahrum etilgan va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Qodirov pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan.

Yangiliklar lentasi
0