Andijonda shifokorga pichoq bilan qilingan tajovuz tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

CC0 / pixabay / Noj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijonda bemorning yaqin kishisi tomonidan shifokorga pichoq bilan tajovuz qilish holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

TOShKENT. 11 mar – Sputnik. Andijon Travmatologiya bo‘limi qabulxonasida 29-fevral kuni shifokorlarga pichoq bilan hamla qilish holati yuz bergani haqida xabar qilgan edik. Bugun SSV ushbu hodisaning tafsilotlarini ma’lum qildi.

Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda tibbiyot xodimlariga pichoq bilan hujum qilishdi - video

29 fevral kuni soat 22:31da Andijon shahridagi Travmatologiya bo‘limi qabulxonasiga 19 yoshli ayol bemor yuz-ko‘zidan jarohat olib murojaat qilgan. Bemor shifokorlar ko‘rigidan o‘tayotganda turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklanganini aytgan.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, o‘zgalar tomonidan jarohat olgan holat mavjud bo‘lsa, tibbiyot xodimi huquqni muhofaza qilish organlariga tezkor xabar berishi shart. Aks holda jinoyat yashirganlik holati bilan javobgarlik tortilishi mumkin. Shunga muvofiq, shifokor T. U. zudlik bilan mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bo‘limiga xabar beradi.

Xabar berilganligidan norozi bo‘lgan bemor ayolning egizak ukasi bunga e’tiroz bildiradi. Shifokor unga o‘rtanilgan tartibni tushuntirgandan so‘ng, bemorning ukasi shifokorni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, pichoq bilan shifokorga tahdid qiladi.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Pichoq bilan shifoxona tinchligini buzgan yigit shifokorlardan uzr so‘radi

Atrofidagi odamlar X.ni agressiv holatdan qaytarishga urinishadi. Ammo u harakatlarini davom ettirib, pichoqni shifokor tomonga otib yuboradi. Biroq ushbu pichoq atrofdagi boshqa shaxsga tegadi. Bemor yaqinlari va atrofdagi boshqa shaxslar tomonidan X majburan tinchlantirilib, qabulxonadan olib chiqib ketiladi.

Eri tomonidan kaltaklangan ayol M.F. esa “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, Jag‘ suyaklari sinishi, yonoq, bosh, yuz, qorin, oyoq va qo‘llar yumshoq to‘qimalari jarohati” tashxisi bilan mazkur filialning Neyroxirurgiya bo‘limida joriy yil 4-mart kuniga qadar davo muolajalarini oladi.

Ayni damda kameralarga suratga olingan ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibdi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Huquqni saqlash organlari ushbu tajovuzga huquqiy baho berib, qonuniy chora ko‘rilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0