Toshkentda fuqaro elektr tarmoq ustunidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga urindi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘onalik erkak “Qo‘yliq” bozori hududidagi yuqori quvvatli elektr tarmoq ustuniga chiqqan va balandlikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Toshkent IIBB poytaxtda elektr tarmoq ustunidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga uringan fuqaro yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabarda yozilishicha, 4-mart kuni farg‘onalik, muqaddam sudlangan 34 yoshli D. D. “Qo‘yliq” bozori hududidagi yuqori quvvatli elektr tarmoq ustuniga chiqqan. Organ xodimlari undan ustundan tushishini iltimos qilganlarida  erkak o‘z joniga qasd qilish niyati borligini aytgan. Biroq Toshkent shahar IIBB xodimlari noxush hodisa sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yishmagan.

Samoubiystvo - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda erkak o‘z joniga qasd qildi

Aniqlik kiritilishicha, erkak spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda D.D. Toshkent viloyati klinik psixiatriya shifoxonasiga joylashtirilgan va u bilan psixologlar ishlamoqdalar.

“Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari! Aksariyat hollarda bunday niyatdagi insonlarga jamiyat yordami kerak, videoga tushirish va keyinchalik uni tarqatib, “mutaxassislar” tomonidan muhokama qilinishiga muhtoj emas. Muhokamalar odamga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin”, - deya fuqarolarga murojaat qilgan IIBB.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimi va fuqarolar noma’lum shaxsni yuqori quvvatli elektr tarmoq ustunidan tushishini iltimos qilayotganlari aks etgan video tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0