Samarqandda erkak o‘z joniga qasd qildi

© news.bigmirSamoubiystvo
Samoubiystvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyatida o‘zini o‘zi o‘ldirgan erkak yonidan bir necha kun oldin xotinini o‘ldirgani haqidagi xat topildi.

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Samarqandda o‘z joniga suiqasd qilgan erkakning yonidan ayoli qasddan o‘ldirib, ustidan qulflab ketganligi haqida yozilgan xat topilgan. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 22-fevral kuni Samarqand viloyati, Payariq tumani, Chelak shahri, Ko‘ktepa qishlog‘idagi raqamsiz uyda yashovchi fuqaro J.G o‘zini o‘zi osib, hayotdan ko‘z yumgan.

Molotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani. - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda veterinarni o‘ldirgan o‘qituvchilar ustidan sud boshlandi

Uning cho‘ntagidan 17-fevral kuni Jizzax viloyatining Jizzax shahri, Kimogar mahallasi, Sayilgoh ko‘chasidagi xonadonda turmush o‘rtog‘i N.G.ni qasddan o‘ldirib, ustidan qulflab ketganligi haqida yozilgan xat topilgan.

Xat mazmuni asosida yuqorida qayd etilgan xonadon ko‘zdan kechirilib,  haqiqatan ham fuqaro N.G.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, N.G.ning tanasida “Bo‘yin a’zolarining qisilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya” jarohatlari mavjudligi aniqlangan. Sodir bo‘lgan hodisaning sabablari hozircha ma’lum emas.

Holat bo‘ycha Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0