Shifokorlar koronavirusning yangi alomatlarini aniqlashdi

© AFP 2023 / Banaras KhanVrach proverayet temperaturu tela cheloveka v gorode Taftan na pakistano-iranskoy granitse
Vrach proverayet temperaturu tela cheloveka v gorode Taftan na pakistano-iranskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sipgapurlik shifokorlar olib borgan tadqiqotda bemorlarda koronavirus uchun odatiy bo‘lgan alomatlar tumov, yo‘tal va tomoqdagi og‘riq kabilar bo‘lmagan. Lekin tahlillar buni aksini ko‘rsatgan.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Singapurda bir guruh shifokorlar koronavirusning yangi alomatlarini aniqlashdi. Ularning tadqiqot natijalari Lancet jurnalida chop etilgan.

Olib borilgan tadqiqotlarga qaraganda, ba’zi bemorlarga avvaliga denge bezgagi tashxisi qo‘yilgan. Ular yuqori harorat va qichitadigan toshmalardan shikoyat qilishgan. Shu bilan birga ularda koronavirus uchun odatiy bo‘lgan alomatlar tumov, yo‘tal va tomoqdagi og‘riq kabilar bo‘lmagan.

Koronavirus qurboni bo‘lmaslik uchun tavsiyalar - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus yuqtirmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar

Ularga denge bezgagidan davolanish yordam bermagan. Bemorlar nafas olishning qiyinlashishidan shikoyat qila boshlaganlar. So‘ngra ularni koronavirus bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida qo‘shimcha ravishda tekshirishgan. Tahlillar ijobiy natijalarni ko‘rsatgan.

Shifokorlar hamkasblarini tashxis o‘tkazishga jiddiy yondashishga chaqirishgan va noto‘g‘ri tabobat jamoatchilik sog‘lig‘iga putur yetkazishini eslatib o‘tishgan.

COVID-19

2020 yilning 10-mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 114 mingdan oshgan. Koronavirus 100 dan ziyod mamlakatda qayd etilgan. Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronda virusning avj olishi kuzatilmoqda. Mazkur kasallikdan 4019 kishi vafot etgan va salkam 64 ming kishi esa tuzalib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0