Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.
Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusdan kasallanganlar soni 44 ming kishidan ortgan. Bugungi kunda Xitoyda virusdan vafot etganlar soni 1100 taga etganligi ma’lum bo‘ldi.
Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindistonda uqtirish holati qayd etilgan.