TOShKENT, 10 mar — Sputnik. 2-mart kuni Gretsiyada Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun mash’ala yoqish marosimi bo‘lib o‘tadi. Koronavirusdan himoyalanish maqsadida ushbu tadbir muxlislarsiz o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.
Gretsiya Olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, tadbir Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasi vakillaridan iborat 100 kishilik mehmon bilan o‘tkazilishi rejalashtirgan.
Mash’ala estafetasini odatga ko‘ra yunon taniqli atletlardan biri boshlab beradi. Bunda qadimgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan stadionda alanga olgan mash’ala yunon sportchisi qo‘lidan mezbon tomonga taqdim qilinadi.
Bu safar o‘q otish sporti bo‘yicha Rio Olimpiadasi chempioni va sovrindori gretsiyalik Anna Korakaki mazkur vazifani bajaradi. Ta’kidlanishicha, mash’alaning ayol sportchi tomonidan yoqilishi birinchi marta kuzatiladi.
Shuningdek, ushbu tadbir bilan bog‘liq barcha jarayonlar ham muxlislar ishtirokisiz o‘tadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Gretsiyada 73 nafar insonda koronavirus bilan kasallanganlik holati aniqlangan.