Dunyoda

OAV: AQSH oʻz qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqishni boshladi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tinchlik va qoʻshinlarni olib chiqish toʻgʻrisidagi tarixiy bitim 29 fevral kuni Dohada (Qatar) AQSH armiyasi, NATO va "Tolibon"* rahbariyati tomonidan imzolangan.

TOSHKENT, 10 mar - Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistondan qoʻshinlarini olib chiqa boshladi, deya xabar beradi AFP. Bu "Tolibon" radikal harakati vakillari bilan kelishuvda belgilangan muhim shartlardan biri edi.

Ucheniya SHOS Mirnaya missiya - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
“Tolibon” Kobulga keskin talab qoʻydi: SHHT davlatlari qanday javob beradi?

AQSH qoʻshinlarining Afgʻonistondan toʻliq chiqarilishi 14 oy ichida amalga oshirilishi kerak.

Shu bilan birga, bitimlarga koʻra, AQSH toliblar bilan bitimni imzolaganidan keyin 135 kun ichida bu hududda oʻz qoʻshinlari sonini 8,6 ming askargacha qisqartirishi kerak.

AQSH armiyasi, NATO va "Tolibon" rahbariyati oʻrtasidagi tarixiy bitim 29 fevral kuni Dohada (Qatar) imzolandi.

AQSH prezidenti va "Tolibon" rahbari oʻrtasidagi muzokaralardan bir soat oʻtgach, jangarilar afgʻon hukumat kuchlariga xujum qilishdi.

Bunga javoban AQSH 4 mart kuni mintaqadagi "Tolibon"* pozitsiyalariga zarba berdi.

AQSH qoʻshinlari 2001 yil 11 sentyabr terroristik hujumlaridan keyin "Al-Qoida"* va xalqaro terrorizmga qarshi kurash bahonasida Afgʻonistonga bostirib kirishdi.

Urush salkam 20 yil davom etdi. Mamlakat vayron boʻldi va oxir-oqibat xaosga aylandi.

* Rossiya Federatsiyasida va bir qator boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.

Yangiliklar lentasi
0