Xitoyga COVID-19 chetdan olib kirilmoqda

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishRasprostranenie koronavirusa novogo tipa v Kitae
Rasprostranenie koronavirusa novogo tipa v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda chetdan kirib kelgan COVID-19 koronavirusining tasdiqlangan holatlarining umumiy soni 69 ga yetdi.

TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Uxandan tashqari Xitoyning barcha hududida uchinchi kun ketma-ket yangi turdagi koronavirus bilan kasallanish holati kuzatilmadi. Faqat olib kirilgan kasallanish holati kuzatildi. Bundan Xitoy Sog‘liqni saqlash bo‘yicha davlat qo‘mitasi statistika darak bermoqda, deya yozadi RIA Novosti.

“9 mart kuni yangi koronavirus bilan infeksiyaning ikkita tasdiqlangan holati qayd etildi, ular mamlakatga chet eldan keltirildi, bittasi Gansu provinsiyasida va bittasi Pekinda. Chetdan kirib kelgan tasdiqlangan holatlarining umumiy soni 69 ga yetdi”, - deyiladi xabarda.

7 mart kuni mamlakatning vakolatli organlari butun Xitoy bo‘ylab 44 ta yuqumli kasallikka chalinish holatlarini aniqladilar, ulardan 41 tasi Xubey provinsiyasida, hammasi Uxanda, va uchta chetdan kirib kelgan – ikkita holat Pekinda va bittasi - Gansu provinsiyasida.

Mediki opriskivayut indoneziyskix grajdan antiseptikom posle pribitiya iz kitayskogo Uxanya, sentra epidemii koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
JSST vakillari O‘zbekistonga koronavirusga qarshi profilaktikada yordam bermoqda

8 mart kuni mamlakatda 40 ta yangi yuqtirish holati: Xubeyda 36 ta, hammasi o‘sha Uxanda va to‘rtta Gansu provinsiyasida yuqtirish holatlari qayd etildi.

9 mart kuni Xitoyda 19 ta yangi holat qayd etildi, ulardan 17 tasi Uxanda, ikkitasi chetdan kirib kelgan.

Yangi koronavirus

O‘tgan yilning oxirida Xitoy rasmiylari Uxanda kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar berishdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus ekanligini aniqladilar.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu epidemiyani xalqaro miqyosdagi tashvishli favqulodda holat deb tan oldi.

Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 104 mamlakatda 110 mingga yetdi, shundan 81 mingtasi Xitoyda. Xitoyda 3136 kishi ushbu kasallikning qurboniga aylangan, qariyb 60 ming kishi sog‘ayib ketgan.

Yevropa davlatlari orasida eng og‘ir vaziyat Italiyada kuzatilmoqda: yuqtirganlar soni 9100 kishidan oshdi, shundan 463 kishi vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSST vakillari O‘zbekistonga koronavirusga qarshi profilaktikada yordam berayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0