O‘zbekistonlik haydovchilar Eron-Turkmaniston chegarasida qolib ketdi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishTrassa M5 v Chelyabinskoy oblasti posle meteli
Trassa M5 v Chelyabinskoy oblasti posle meteli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internetda tarqalgan ushbu xabar joriy yilning 7-mart kuni O‘zbekistonning Tehron shahridagi Elchixonasi tomonidan ham tasdiqlangan.

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Eron va Turkmaniston o‘rtasidagi chegara yopilgan. Buning natijasida 700 ga yaqin haydovchi va 11 nafar o‘zbekistonlik  "Lutfobod" va "Saraxas" chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus tufayli xalqaro sport tadbirlari vaqtincha cheklanadi

Fuqarolar transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib, vatanga qaytishni rad etishgan.

Internetda tarqalgan ushbu xabar joriy yilning 7-mart kuni O‘zbekistonning Tehron shahridagi elchixonasi tomonidan ham tasdiqlangan.  

Xabarda ta’kidlanishicha, ayni damda vaziyat Tehron va Ashxabod shaharlaridagi O‘zbekiston elchixonalari tomonidan nazoratga olinib, Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot o‘rnatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0