Namanganda yiliga 60 tonna mayda qisqichbaqa yetishtiriladigan klaster barpo etiladi

© Sputnik / Sergey Krivosheyev / Mediabankka o‘tishDobicha krevetki
Dobicha krevetki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Singapurning “OnePetra Holdings Pte Ltd” kompaniyasi Namangan viloyatiga 110 million dollar investitsiya kiritadi.

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Namangan viloyatida 50 gektar maydonda yillik 60 tonna mayda qisqichbaqa (krevetka) va 1200 tonna baliq yetishtirish quvvatiga ega baliqchilik klasteri barpo etiladi. Loyiha qiymati 35 million dollar. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.

Riba na forelevodcheskom zavode - Sputnik O‘zbekiston
Namangan viloyatida gulmohi va Afrika laqqasi yetishtiriladi

Xabarda yozilishicha, viloyat hokimligida Singapurning “OnePetra Holdings Pte Ltd” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Dennis Louk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuv chog‘ida kompaniya bilan umumiy qiymati 110 million dollar bo‘lgan 3 ta investitsion kelishuv imzolandi. Bu kelishuvlar doirasidagi loyihalar 100% to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshiriladi.

Imzolangan kelishuvga ko‘ra, Singapur kompaniyasi tomonidan viloyatda 25 gektar maydonda kunlik 1 million dona tuxum yetishtirish quvvatiga ega 16 million dollar qiymatidagi tovuqchilik fermasi, 20 gektarda maydonda kunlik 1 million dona bedana tuxumi yetishtirish quvvatiga ega 16 million dollar qiymatidagi parrandachilik fermasi hamda 8 million dollar hisobiga 5 gektar maydonda barpo etiladigan bu ikki ferma mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi barpo etish uchun jami 40 million dollar miqdorida investitsiya kiritiladi.

“Shuningdek, 50 gektar maydonda yillik 60 tonna krevetka hamda 1200 tonna baliq yetishtirish quvvatiga ega loyiha qiymati 35 million dollar bo‘lgan baliqchilik klasteri ham barpo etiladi”, - deyilgan xabarda.

“OnePetra Holdings Pte Ltd” kompaniyasi Namangan viloyatida loyiha qiymati 40 million dollar bo‘lgan kunlik 1000 tonna oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlash hisobiga 500 tonna organik o‘g‘it hamda baliqlar uchun yem mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona qurish loyihasini ham amalga oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0