Namangan viloyatida gulmohi va Afrika laqqasi yetishtiriladi

© Sputnik / Mixail MordasovRiba na forelevodcheskom zavode
Riba na forelevodcheskom zavode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxona Afrika laqqasi, gulmohi (forel) va boshqa baliq turlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Yiliga 1,5 million dollar eksport qilish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Misr kompaniyasi Namangan viloyatida zamonaviy baliqchilik kompleksi barpo etadi. U yerda gulmohi (forel), Afrika laqqasi va boshqa baliq turlari yetishtiriladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Viloyat hokimligida Misr “Kapo Agri Group” kompaniyasi bilan Norin tumanida 80 gektar maydonda zamonaviy baliqchilik kompleksi barpo etish bo‘yicha investitsion shartnoma imzolandi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va “Kapo Agri Group” kompaniyasi prezidenti Alaa Kamar Gamal tomonidan imzolangan shartnomaga ko‘ra, umumiy qiymati 4 million dollar bo‘lgan ushbu yarim intensiv baliqchilik kompleksi 100 foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi.

Afrika laqqasi, gulmohi va boshqa baliq turlari yetishtirishga ixtisoslashadigan va yillik 1,5 million dollar eksport qilishi rejalashtirilayotgan ushbu korxona, kelgusi yili qurib foydalanishga topshiriladi.

Yillik quvvati 1600 tonna baliqni tashkil etadigan kompleksda, 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0