O‘zbekistonning yirik davlat korxonalari isloh qilinadi

© Press-slujba "Uzbektelekom"Ofisnoe zdanie kompanii "Uzbektelekom"
Ofisnoe zdanie kompanii Uzbektelekom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda davlat ulushi bo‘lgan 13 ta yirik korxonani, jumladan, “O‘zbektelekom”, “O‘zavtosanoat”, “Toshashahartransxizmat”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni isloh qilish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 13 ta yirik davlat korxonasini isloh qilish rejalashtirilmoqda. Prezidentning tegishli farmoni loyihasini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Ta’kidlanishicha, davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish samaradorligi yetarli darajada emasligi holatida ularning soni yuqoriligicha qolmoqda.

Razliv medi - Sputnik O‘zbekiston
Navoiy kon-metallurgiya kombinati zamonaviy kompaniyaga aylantiriladi

Davlat ishtirokidagi korxonalarning eksport salohiyati va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi bilan bir qatorda ishlab chiqariladigan mahsuloti (ko‘rsatiladigan xizmatlari) sifati past darajada qolmoqda, energiya tejaydigan uskunalarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmaganligi sohaga investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilgan holda mahsulotning tannarxini yuqori bo‘lishiga va korxonalarning raqobatbardoshligini pasayishiga olib kelmoqda.

Shu bois iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy sektor rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratish, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar uchun teng sharoitlar yaratish orqali raqobat muhitini rivojlantirish, davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida ular isloh qilinadi.

1 mayga qadar Loyiha ofislarini tashkil qilishni nazarda tutgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash taklif etilmoqda.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2020—2021 yillarda isloh qilinishi rejalashtirilgan kompaniyalar ro‘yxatiga “O‘zbektelekom”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zmaxsusmontajqurilish”, “O‘zdonmahsulot”, “O‘zbekovqatxolding”, “O‘zavtosanoat”, “O‘zagrosanoattexxolding”, “O‘zagrokimohimoya”, “Toshshahartransportxizmat”, “O‘zpaxtasanoat”, “O‘zagroservis”, “O‘zkimosanoat” va “O‘zbekkino” kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0