Namanganda yangi hokim tayinlandi

© Xokimiyat Namanganskoy oblastiXokim Namanganskoy oblasti Olimjon Isayev
Xokim Namanganskoy oblasti Olimjon Isayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahar ma’muriyatining sobiq rahbari Shavkat Abdurazzoqov kuni kecha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi, deb xabar beradi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Pamatnik Uch pahlavon v Namangane otkrilsya zanovo - Sputnik O‘zbekiston
“Uch pahlavon” haykali - o‘zbek, tojik va qirg‘iz xalqlari do‘stligi ramzi

Yig‘ilishda Prezidentning maslahatchisi o‘rinbosari Umar Ismoilov va viloyat rahbari Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Olimjon Isayev 1972-yilda Namanganda tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Namangan davlat universitetini tamomlagan. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u "O‘zagrokimoximoya" aksiyadorlik jamiyatining raisi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha shahar ma’muriyatining sobiq rahbari Shavkat Abdurazzoqov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangan edi.

Bu Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0