Hodisalar

Fargʻonada 18 abituriyentning oʻqishga kirishida yordam bergan prorektor jinoyati fosh etildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko /  / Mediabankka oʻtishAktsiya "Bolshoy etnograficheskiy diktant" v gorodax Rossii
Aktsiya Bolshoy etnograficheskiy diktant v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prorektor komissiyaning boshqa aʼzolari bilan 18 nafar abituriyentlarning imtihon natijalarini sunʼiy ravishda oshirib koʻrsatgan. Natijada ular oʻqishga kirgan.

TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Fargʻona Davlat universitetida kirish imtihonlari natijalari soxtalashtirilgan prorektor kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar qildi.

Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kollejdan magistraturagacha poraxoʻrlik avj olgan - Bosh prokuratura

Tergovda aniqlanishicha, ushbu oliygoh prorektori A.A. 2019-2020 oʻquv yili uchun “Jismoniy madaniyat” imtihon komissiyasining masʼul kotibi etib tayinlangan. 2019 yil iyul oyida oʻtkazilgan “Jismoniy madaniyat” fakultetiga kirish imtihonlari jarayonida komissiyaning boshqa aʼzolari bilan jami 18 nafar abituriyentlarning imtihon natijalarini sunʼiy ravishda oshirib koʻrsatgan.

Natijada ushbu abituriyentlar oliy taʼlim muassasiga oʻqishga qabul qilingan.

Taʼkidlanishicha, Fargʻona prokuraturasi tomonidan universitet prorektoriga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mansab soxtakorligi) bilan ayb eʼlon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0