TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Bosh prokuratura O‘zbekiston ta’lim tizimining har bir bo‘g‘inida, kollejdan magistraturagacha poraxo‘rlik avj olganini aniqladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan 2019-yilda:
- kollej va litseylarda esa 34 nafar direktor, 31 nafar direktor o‘rinbosari, 94 nafar o‘qituvchi jinoyatga qo‘l urgan;
- institut va universitetlarda 3 nafar rektor, 5 nafar prorektor, 15 nafar dekan va ularning o‘rinbosarlari, 62 nafari o‘qituvchilar bo‘lgan;
- magistratura yo‘nalishi bo‘yicha Milliy universitet va Nukus davlat pedagogika institutlarining bir necha xodimlari aniqlangan;
- vazirlik muassasalarida - 16,7 mlrd so‘mlik moliyaviy qonunbuzarlik holatlari aniqlangan, so‘nggi 2-yilda 326 nafar xodim javobgarlikka tortilgan.
2019 yilning avgust oyida internet orqali o‘tkazilgan so‘rovda Yuridik, Iqtisodiyot, Milliy, Axborot texnologiyalari universitetlari hamda Tibbiyot akademiyasi korrupsiya eng ko‘p tarqalgan oliy o‘quv yurtlari sifatida ko‘rsatilgan.