TOSHKENT, 5 mar - Sputnik. Rossiyalik xonanda Dima Bilan Toshkentga tashrifi chogʻida sensatsion bayonot bilan chiqdi. Bu haqida ijodkor oʻz instagramida xabar qildi.
"Men yaqinda yopiq DNK testini oʻtkazdim. Endi men 14%ga osiyolik ekanligimni bilaman va buni men doim oʻzimda his qilganman!!!", - deb yozdi musiqachi.
Bilan ushbu bayonotdan tashqari, Toshkentdagi muxlislariga oʻz sevgilari uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Toshkent, siz mehribonlingingiz, mehmondoʻstligingiz va muhabbatiz bilan meni zabt etdingiz! Bilaman, hayotda hech narsa doimiy emas, ammo xotiralar doimiy va men ularni saqlab qolaman!"
Eslatib oʻtamiz, Dima Bilan Toshkentda oxirgi marta 2019 yil mart oyida Humo Arena ochilishi marosimida kontsert bilan boʻlgan edi. Ustiga ustak, Dima Bilan Toshkentga qoʻltiqtayoqda kelgan. Poytaxtda ijodkorni oʻzbek palovi bilan davolashdi va qiziqarli toʻtiqush bilan tanishtirishdi.
Davoqe, yaqinda Olga Buzova ham poytaxtga tashrif buyurdi, u Toshkentdan va uni sovgʻalarga va koʻplab kutilmagan hodisalarga koʻmib tashlagan toshkentliklardan mamnun qoldi.