Dima Bilan Toshkentda gapdon to‘tiqush bilan tanishdi -foto

© InstagramDialog s kakadu: Dima Bilan poznakomilsya v Tashkente s popugayem - foto
Dialog s kakadu: Dima Bilan poznakomilsya v Tashkente s popugayem - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik mashhur yulduz Dima Bilan O‘zbekiston bilan xayrlashishdan avval Toshkentda go‘zal va gapdon kakadu bilan tanishgani haqida bizning reportajimizda o‘qing.

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Kuni kecha Toshkentda Humo Arenaning shov-shuvli ochilish marosimi o‘tkazilib, tadbirda minglab o‘zbekistonliklar va san’at sohasining eng yorqin vakillari ishtirok etishdi.

Fillip Kirkorov i Nikolay Baskov - Sputnik O‘zbekiston
“Qirollardek va Maybach᾽da kutib olishdi”: Kirkorov va Baskov Toshkentda

Tadbirda qatnashgan va "xit" taronalarini ijro etgan Rossiya "pop qiroli" Filipp Kirkorov o‘zbekistonliklarni chin ma’noda ko‘zni qamashtiruvchi sahna libosi bilan hayratga soldi. Kirkorovning qo‘shig‘i zalning aksariyat qismini "o‘ynatdi". Yoshlar esa rus san’atkoriga jo‘r bo‘lib kuyladilar.

Shuningdek, tadbirda boshlovchilik qilgan Nikolay Baskov ham gapga chechanligi va hazillari bilan marosim ishtirokchilari kayfiyatini ko‘tardi. Oyog‘i singaniga qaramay, qiyinchiliklarni mensimay zalni "qizdirgan" Dima Bilanni aytmaysizmi.

© InstagramDialog s kakadu: Dima Bilan poznakomilsya v Tashkente s popugayem
Dima Bilan Toshkentda gapdon to‘tiqush bilan tanishdi -foto - Sputnik O‘zbekiston
Dialog s kakadu: Dima Bilan poznakomilsya v Tashkente s popugayem

Bugun esa artist o‘zining Instagram ida toshkentlik Jako laqabli to‘tiqush bilan bo‘lib o‘tgan tanishuvi haqida yozib qoldirdi.

Dima Bilan bu uchrashuvga shu qadar xursand bo‘ldiki, oppoq to‘ti bilan gaplashayotgani aks etgan juda ko‘plab videolarni suratga olib ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

A post shared by Dima Bilan (@bilanofficial) on

San’atkor shuningdek, sport majmuasining shov-shuvli va tantanali ochilish marosimi uchun barchaga minnatdorlik bildirgan va Toshkentga ulkan zafarlar hamda yangi g‘alabalarni tilab qolgan.

 

Yangiliklar lentasi
0