O‘zbekiston va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbeksko-tadjikskie ucheniya na poligone Gurumsaroy
Uzbeksko-tadjikskie ucheniya na poligone Gurumsaroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lib o‘tgan “Yengilmas soqchi ‒ 2020” o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi har ikki davlatning xavfsizligini ta’minlash borasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘lgan.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Jizzax viloyatining “Forish” tog‘ poligonida O‘zbekiston-Amerika “Yengilmas soqchi ‒ 2020” qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qildi.

Vertoleti nanosat udar s vozduxa po pozitsiyam boyevikov v ramkax ucheniy Sentr-2019. - Sputnik O‘zbekiston
"Markaz-2019" mashg‘ulotlarining pinhona ma’nosi va real yakunlari: G‘arb nega bezovtalandi

24 fevral kunidan 2-mart kuniga qadar O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Qurolli kuchlarining tegishli tuzilmalari va AQSh Qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi bilan hamkorlikda qo‘shma aksilterror mashqlari o‘tkazilgan.

“Bo‘lib o‘tgan “Yengilmas soqchi ‒ 2020” o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi har ikki davlatning xavfsizligini ta’minlash borasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan inqirozli vaziyatlarda tegishli choralarni ko‘rish borasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish darajasini oshirishdan iborat bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, hamkorlikda o‘tkazilgan o‘quv mashqlari kelgusida har ikki mamlakat harbiy xizmatchilari turli xavf-xatarlarga duch kelganlarida tezkor va aniq qaror qabul qilishlari va ularning oldini olishlariga, shuningdek, birgalikdagi uyushqoq harakatlarni amalga oshira olishlari uchun xizmat qiladi.

Ministr oboroni RF Sergey Shoygu na poligone Donguz, gde proxodit osnovnoy etap strategicheskogo komandno-shtabnogo ucheniya Sentr-2019. - Sputnik O‘zbekiston
Shoygu o‘zbek harbiylarini taqdirladi

Shu bilan birga O‘zbekiston nafaqat amerikaliklar, balki o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan ham faol o‘quv mashqlarini o‘tkazmoqda. Masalan, 2019-yil sentabrida “Markaz-2019” xalqaro o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston va Hindistondan harbiylar ishtirok etdi.

“G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida o‘zbekistonlik va tojikistonlik harbiylar ishtirokida "Markaz – 2019" doirasida o‘tkazilgan  qo‘mondonlik-shtab strategik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0