Rossiya, uning ittifoqdoshlari va sheriklarining mudofaa imkoniyatlari jangovar xalqaro terroristik tashkilotlar va har qanday potensial dushman ekspansiyasi uchun yengib bo‘lmas to‘siq bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda.
Dunyoning yarmi yagona qalqon ostida
"Markaz-2019" mashg‘ulotlari AQSh va Shimoliy Atlantika alyansi tenglashishi amri mahol bo‘lgan, nihoyatda keng strategik ko‘lamda bo‘lib o‘tdi. Ulkan hududda, shu jumladan, dengiz akvatoriyasida sakkiz davlatdan - 128 ming harbiy, 20 ming dona qurol-aslaha va texnika uskunalari, 600 ta uchish apparatlari, 15 ta kema va yordamchi kemalar jalb qilingan.
"Markaz" manyovrlari sezilarli geosiyosiy salmoqqa ega bo‘ldi: to‘rt yil muqaddam huddi shunday formatda Rossiya va Qozog‘istonning 95 ming harbiysi, 7 ming dona qurol-aslaha, 170 ta samolyot va 20 ta HDF kemalari jalb qilingan edi. 2019-yilda sifat jihatdan o‘zgarish yaqqol namoyon bo‘ldi: poligonlarda Markaziy Osiyoning deyarli barcha davlatlari, shuningdek Xitoy, Hindiston va Pokiston hamkorlikda qatnashdilar. Qayd etish kerakki, bu insoniyatning deyarli yarmini tashkil etadi (sakkizta ishtirokchi-mamlakat aholisi 3 milliard kishidan ortiq).
Mashqlar davomida eng "og‘ir yuk"ni Rossiya o‘ziga oldi - manevrlarda Markaziy va Sharqiy harbiy okruglari, Kaspiy flotiliyasi, havo desanti qo‘shinlari va harbiy transport aviatsiyasi ishtirok etdi. Ammo absolyut raqamlar va yorqin faktlar xalqaro jangovar mehnat taqsimotining qanchalik murakkabligi hamda ehtimoliy harbiy harakatlar teatri o‘laroq serqirra hamkorlik qay darajada mustahkamlanganligini har doim ham aks ettiravermaydi.
Xitoycha ogohlantirish
"Markaz-2019" manyovrlari afsonasiga ko‘ra, qurollangan islomchilar otradi Markaziy Osiyo mamlakatlarining birida ekstremistik rejim o‘rnatishga urinadi. Aksilterror koalitsiyasi harakatlari jangovar tayyorgarlik tadbirlarining o‘zgacha ko‘lamda va nihoyatda yorqin o‘tishini ta’minladi. Shunday bo‘lsa-da, qo‘mondonlik-shtab mashqlari "olov to‘lqini" singari tomoshalar uchun emas, qo‘shinlar boshqaruvini charhlash maqsadida o‘tkaziladi. "Markaz-2019" manyovrlarida yagona vazifani bajarish davomida sakkizta mamlakat harbiylari o‘zaro kelishgan holda faoliyat yuritdilar, bu esa, o‘z navbatida, milliy armiyalar shtablari harakatlari muvofiqlashtirilishini nihoyatda murakkablashtirar edi.
"Markaz-2019" mashqlarida Xitoyning 2,5 millionlik armiyasini 1 500 harbiy taqdim etdi. Bu Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi "yelkama-yelka" hamkorlik natijasidir. Orenburgda o‘tkazilgan "janglar" o‘rtasidagi tanaffuslarda (bunda Rossiya va Xitoy bombardimonchilari shartli raqibni yo‘q qildilar), RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘zining xitoylik hamkasbi Vey Fenxe bilan 2020-2021 yillarga harbiy muassasalarning hamkorlik rejasini muhokama qildi. Ikki davlat harbiy idoralari rahbarlarining samimiy uchrashuvi va bir-birlarini quchoq ochib qarshilaganlari ko‘pchilikning yodida qoldi.
Bu qimmatli fakt, nega deganda, xitoyliklar quchoqlashishni xush ko‘rmaydi, ularda qo‘l siqishish ham odat tusiga kirmagan. Modomiki, poligonda Pekin va Moskva generallari bir-birini "ruschasiga" quchoqqa olyaptimi, biling-ki ularning potensial raqiblariga dengizlarda harbiy faollikni susaytirish va quruqlikda qurol-aslahalar sonini qisqartirish haqida o‘ylab ko‘rish vaqti keldi.
Aniqlik - g‘aroyiblik demak
"Markaz" mashqlari to‘rt yilda bir marotaba o‘tkazilib, hatto an’anaviy raqiblarni ham yagona operatsiya kesimida birlashtiradi. Masalan, Hindiston va Pokiston Djammu va Kashmir shtatlarining statusi yuzasidan ko‘p yillardir-ki, keskin mojaroda. Shunday bo‘lsa-da, "Markaz-2019" mashqlarida hind va Pokiston bo‘linmalari (hind tomondan 140 ming, Pokistondan 90 ming harbiy ishtirokida) yagona reja asosida harakat qildilar va yagona jangovar vazifalarni bajardilar. Tabiiyki, tomonlarning to‘laqonli yarashuvigacha hali ancha vaqt bor, lekin biz ikki tomonlama munosabatlarni sog‘lomlashtirishning amaliy usulini kuzatmoqdamiz.
Hindiston, Pokiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning yagona harbiy-siyosiy koordinatalar tizimida doimiy o‘zaro aloqada bo‘lishi - sayyoramiz yanada xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi. Bugun bunga alohida mashqlar doirasida erishilgan bo‘lsa, ertaga bu obyektiv voqelikka aylanishi mumkin. Keng ko‘lamli manyovrlar ishtirokchilarining noyob tarkibi G‘arb nazaridan qolishi mumkin emas edi. AQShning The Diplomat nashri Rossiyaga mashqlarga yuborilgan xitoy harbiy kontingenti tarkibini batafsil yoritdi. Shveysariyaning Neue Zürcher Zeitung kundalik gazetasi esa "Rossiya uchta yadroviy derjava bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda", "bu NATO tomonga navbatdagi signal", deb ta’kidlagan. Shu o‘rinda, ularning Orenburg dashtlari bilan nima ishi bor, degan savol tug‘iladi.
Ayoni shu-ki, "Markaz-2019" manyovrlari o‘z strategik maqsadlariga erishdi, harbiy-siyosiy vazifalar bajarildi. 2023-yilda o‘tkaziladigan kelgusi mashqlar esa yanada qiziqarli va ko‘lamdor bo‘lishi kutilmoqda.