TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatayotganlar uchun qat’iy choralar joriy etishni taklif qildi.
“Mamlakatda vahima uyg‘otadigan noto‘g‘ri xabarlar bo‘lmasligi uchun koronavirusga nisbatan soxta xabar tarqatganlik uchun vaqtinchalik o‘lim jazosini joriy etish kerak”, - deya Jirinovskiy so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qat’iy choralar lozim, ular esa yo‘q.
COVID-19
2020 yilning 3-mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 90 926 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirus 64 mamlakatda qayd etilgan. Xitoydan keyin Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya va Eronda virusning avj olishi kuzatilmoqda. Mazkur kasallikdan 3124 kishi vafot etgan va 47 871 nafari esa tuzalib ketgan.