Tataristondan Toshkentga muntazam parvozlar ochilmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy aeroport Begishevo
Mejdunarodniy aeroport  Begishevo  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchish umumiy vaqti 2 soat 55 daqiqa. Chiptalarning minimal narxi barcha soliq va to‘lovlarni hisobga olgan holda 7652 rublga (taxminan 114 dollar) teng.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. Tataristonning "Begishevo" xalqaro aeroporti va "Nordwind Airlines" aviakompaniyasi 16-martdan boshlab Toshkentga yangi reysni ochishadi, deb xabar beradi Tatariston transport va yo‘llar boshqarmasi matbuot xizmati.

Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Mart oyida Seuldan Toshkentga faqat 4 ta parvoz amalga oshiriladi

"Parvozlar dushanba kunlari Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi. “Begishevo”dan uchib chiqish vaqti soat 11:55, Toshkentdan soat 18:10 da amalga oshiriladi. Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan", - deyiladi xabarda.

Uchish umumiy vaqti 2 soat 55 daqiqa. Chiptalarning minimal narxi barcha soliq va to‘lovlarni hisobga olgan holda 7652 rublni (taxminan 114 $) tashkil etadi.

Nordwind Airlines aviakompaniyasining marshrut tarmog‘ida Toshkent Moskva, Simferopol, Antaliya va Monastirdan keyin “Begishevo” aeroportidan beshinchi yo‘nalish bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Qozon shahrida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashgan edi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Tatariston va Buxoro viloyati korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tovarlar va xizmatlarni o‘zaro yetkazib berish hajmi va nomenklaturasini ko‘paytirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0