TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Mast haydovchi Sergeli tumanida piyodani urib yuborib, ikkita avtomobil bilan toʻqnashdi. Bu haqda Toshken shahar IIBB xabar qildi.
24 fevral kuni soat 22.40 da Sergeli tumani Lutfikor koʻchasida mast “Matiz” avtomobil haydovchisi 49 yoshli A.T. yoʻl chetida turgan piyodani urib yuborgan.
Soʻngra 27 yoshli R.E.ning “Kobalt” va 29 yoshli Ikrom X.ning “Spark” avtomobili bilan toʻqnashib ketgan.
YTH natijasida “Kobalt” avtomobili haydovchisi va 29 yoshli piyoda N.S.lar tan shikastlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilishdi.