Endi xorijga chiqish biometrik pasportini elchixonalar orqali olish mumkin

© SputnikRabota konsulstva Uzbekistana v Moskve
Rabota konsulstva Uzbekistana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 1-martdan boshlab MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari mumkin.

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. 2020-yil 1-martdan boshlab MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari mumkin, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Pervie zagranpasporta vrucheni svoim vladelsam - Sputnik O‘zbekiston
Konsullik ro‘yxatida turuvchilarga biometrik pasport berish tartibi belgilandi

Respublika fuqarolari xorijga chiqish uchun biometrik pasportni olish va qabulga yozilish (biografik ma’lumotlar va biometrik parametrlarni topshirish maqsadida) uchun https://consulate.mfa.uzвеб-портали orqali elektron ariza to‘ldirishlari mumkin.

Shuningdek, vazirlik tomonidan chet el mamlakatlarida pasport rasmiylashtirish tizimini bosqichma-bosqich tadbiq etish ustida ish olib borilmoqda va uning natijalari to‘g‘risida vatandoshlar o‘z vaqtida xabardor qilinadi.

Bundan tashqari, 1-martdan boshlab https://consulate.mfa.uz veb-portalida konsullik ro‘yxatiga olish interaktiv tizimi joriy etilgan bo‘lib, buni fuqarolar masofadan turib O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga shaxsan kelmasdan amalga oshirish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0